Maishiy muhit – bu maishiy sharoitdagi insonga ta`sir qiluvchi barcha omillarning yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaktsiyasini fanning sog’lom turmush tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi masalalariga bag’ishlangan mavzularida o`qish mumkin.
Ishlab chiqarish muhiti – bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta`sir qiluvchi omillar yig’indisidir. Tabiiy muhitdagi xavfsizlik – bu ekologiyaning sohalaridan biridir.
Ekologiya organizmni atrof muhit bilan o`zaro ta`siri qonuniyatlarini o`rganadi.