Havo- mexaniq kopikni olinishini korsatish va uning karraligini aniqlash (rasm) qurilmada amalga oshiriladi. Kopik hosil qiluvchi aralashma uchun Hajmi 5 l bolgan idish 5, kopik hosil qiluvchi modda sarfini korsatuvchi olchov lineykali korish oynagi 6, elektrodvigatel 9 bilan NSh turdagi nasos 8, shlang 10, kopik Hosil qiluvchi moslama (nasadka) 1 va 500 l Hajmli kopik uchun idish 2, orgsteklo (orgshisha) dan tayyorlanadi. Bu ishga OXVP-10 (KXKO-10) ot ochirgichdan moslama (nasadka) qollaniladi. Yong`in ochog`ida amaliy ochirishni korsatish, ot ochirgich OU-25 (UKO-25) yordamida otkaziladi, uning zaryadi bir necha tajribaga (eksperimentga) yetadi, tajriba (eksperiment) polat listlardan payvandlangan 700x 700x200 mm olchamdagi maHsus yong`in kamerasida olib boriladi.
Kamerada buraluvchi,q mustahkam yotuvchi qopqoq mavjud bolib, ot ochirgich ishlamay qolgan hollarda yong`inni tezda (ekstren) bartaraf (ochirish) etish uchun moljallangan. Ishning bu qismi tajriba xonasidan tashqarida, binodan yetarlicha uzoqlikda belgilangan masofadagi ochiq maydonchada otkaziladi.
Ot ochirgichlarni ayrim xillari tuzilishini organish. Kimyoviy kopikli ot ochirgich OXP-10 (KKO-10) va kimyoviy Havo-kopikli ot ochirgich OXVP- 10 (KXKO-Yu)ning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishamiz.
Turli xildagi materiallar, jumladan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonganda ochirish uchun qollaniladigan OXP- 10 (KKO- 10) kimyoviy kopikli ot ochirgichni ishlashi, zaryaddagi ishqor va kislotaning ozaro aralashishi natijasida kopikni Hosil bolishiga asoslangan. Havo yetarli bolmagan Hollarda yonadigan moddalarni ochirishda bunday ot ochirgichlardan foydalanish samarasizdir. Ularni kuchlanish ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan yong`inni ochirishda, shuningdek ishqorli metallarni ochirishda Ham qollash mumkin emas. Ot ochirish samaradorligi, yonuvchi moddalarni Himoyalash (izolyatsiyalash) va kopik pufakchalarini buzilishidan (yorilishidan) ajralib chiqadigan uglerod ikki oksidi SO2 ning yordamida yonish zonasidagi kislorod konsentratsiyasini kamaytirish orqali erishiladi.
OXP 10 (KKO-10) ot ochirgichni konstruksiyasi polat qobig` 1dan tashkil topgan bolib, unga zaryadni ishqorli qismi (8,5l) joylashgan. U (400g) gidrokarbonat natriyni NaNSO3 suvli aralashmasi va (50g) soladkali ekstraktdan iborat boladi. Kopikni turg`unligini oshirish uchun ishqorli qismiga ozroq miqdorda kopirtirgich qoshiladi (RAS pastasi yoki karboksimetilsellyuloza). Zaryadni kislotali qismi (450g) polietilenli stakanga joylashtirilgan bolib, sulfat kislota (N2SO4), temir sulfati (Fe2SO4)3 va alyuminiy sulfati (Al2SO4)3 aralashmasidan iborat boladi.