Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy malumotlar.
Inson hayot faoliyati uchun yorug`lik katta ahamiyatga ega. Kishi ozini orab turgan muhit tog`risidagi malumotlarni 90 % dan koprog`ini korish organlari yordamida oladi. Shuning uchun ham korxonalardagi uskuna, jihozlarni boshqarish vanazorat qilishda ratsional yoritish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan birga ish sharoitlari yaxshilanadi, ishchilarni charchashdan saqlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi va shu bilan birgalikda shikastlanishlarni oldini olishda, yaraqsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni kamayishiga olib keladi hamda kasb kasalligi, shal, shapkorlikni oldini oladi.
Sanoat korxonalari yorug`lik manbaining turiga qarab, 2 xil usulda yoritiladi :
1.Tabiiy quyosh yorug`ligi yordamida yoritish ( bunda quyosh tarqatadigan nurdan tog`ridan- tog`ri foydalaniladi yoki quyosh nurining tasiridan yorug`lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug`ligidan foydalaniladi.)
2.Quyosh yordamida yoritishning imkoni bolmagan sanoat korxonalarining ish orinlari elektr nurlari yordamida, suniy yoritish yoli bilan amalga oshiriladi. Tabiiy yorug`lik ozining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug`lik insonning korish azolari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bolgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug`lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash kozning faoliyati uchun foydalidir.
Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarini yoritishda quyidagi talablar qoyiladi:
1.Ish orinlarini yoritish sanitariya gigiyena meyorlari asosida ish toifalariga mos kelishi.
2.Ish olib borilayotgan yuzga va kozga korinadigan atrof muhitga yorug`lik bir tekis tushadigan bolishi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bolmasligi.
4. Ish orinlarida tog`ridan - tog`ri yoki nur qaytishi natijasida hosil boladigan yaltirash ishlovchilarning kozini qamashtirmasligi.
5. Yoritilish miqdori vaqt boyicha ozgarmas bolishi.
6. Ish joyi bilan tevarak atrof bir biridan keskin farq qilmasligi.
7. Yoritgichlardan tushayotgan yorug`lik nuri tog`ri yonaltirilgan bolishi va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |