Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan laboratoriya ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar Texnik oliy o’quv yurtlarining



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə14/39
tarix14.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#79210
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Yangi tajriba HFX 18 soat

Asbob va jihozlar. 1-chizmadagidek asboblar yig’iladi. Chang kamerasi,asperator, allonj,rezinali truba, termometr, sekundomer, analitik tarozi, MK va boshqalar.
Chang kamerasidagi chang ko’lami shamollatgich orqali qo’zg’ati­ladi. Chang kamerasi yon tomonga filtr orqali allonjga mustahkam ­berkitilib, rezinali truba orqali aspiratorga ulangan bo’ladi. Kame­ra ichidagi sifatli tozalash maqsadida allonj qarshisida konussimon moslamani zichlash uchun asos-boks o’rnatilgan bo’lib, konusga esa re­zinadan tayorlangan g’ovakli mato qoplangan. 822 tipli aspirator elektrodvigatel bilan ulangan havo nasosi va to’rtta shisha nay­cha, ya’ni rotametrdan iborat. Havo miqdorini va tezligi oshgan sayin rotametrdan o’tayot­gan havo suzgichni yuqori darajaga ko’taradi. Ikkita shisha naycha (ro­tametr) changni sinash uchun, qolgan 2 tasi esa gaz miqdorini tahli­li uchun shkalalarga bo’lingan. Birinchi tur rotamerning shkalasi 0 dan 20 l/min. gacha bo’laklarga, ikkinchi jufti 0 dan 10 l/mingacha bo’laklarga ajratilgandir. Har bir shisha nayda, ya’ni rotamerda havo­ni surish tezligini boshqarish uchun foydalaniladigan mustahkam jum­rak bo’ladi. Rotametrdagi suzgichning yuqori ko’rsatgichiga qarab chang­ning qiymati olinadi.


Laboratoriya ishining bajarilish tartibi
1 – topshiriq. Chang kamerasidagi havo tarkibidagi changning konsenratsiyasini ulchash.
Tugmacha yerdamida aspirator ishga tushiriladi. Jumrak yordami­da rotametrdan o’tayotgan havoning tezligini o’qituvchi ko’rsatmasiga asosan 10-20 l/min. tezlik oralig’ida (tezlik bilan havo) o’tkazi­ladi. So’ng aspirator ishdan to’xtatiladi. Filtr toza holda analitik tarozida o’lchanadi va allonjga o’rnatilib, amaliy mashg’ulot jihozi 1-chizmadagidek yigiladi. Kameradagi shamollatgich ishga tushuriladi. As­pirator va sekundomer ishlatiladi. 5-10 min. ichida havoni surish shart. Buning uchun havoning surish tezligini jumrak orqali boshqarish mumkin. Keyin aspirator, sekundomer va shamollatgich to’xtatiladi va allonjning ichidan filtr, to’grirogi chang bilan to’ldirilgan filtr analitik tarozida o’lchanadi. Havo tekshiriladigan joyda havoning harorati va bosimi aniqlanib, kameradagi changning konsentratsiyasi tenglama asosida aniqlanadi.
G= ; mg/m3
V -atmosferaning bosimi kPA
t - havoning harorati 0 C (tahlil uchun olingan joy harorati)
R1-filtrning laboratoriyadan oldingi vazni,mg.
R2-filtrning laboratoriyadan keyingi vazni,mg.
T -havo so’rilish vaqti,min.
W -filtr orqali so’riladigan havoning tezligi,l/min.
Hisoblashdan chiqqan chang konsentratsiyasi GOSTda ko’rsatilgan havodagi changning normadagi qiymati yoki ruxsat etiladigan konsentratsiyasi (REK PDK) bilan taqqoslanadi va havodagi changdan himoyalanish chora-tadbirlari xulosada yoziladi. Demak, havodagi changning miqdori REKga to’gri kelar ekan.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin