Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning gigiyenik meyorlari Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning meyorlari " Sanoat korxonalarini loyihalashda sanitariya meyorlari" (SN 245-86), "Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi", "Ish zonasi mikroiqlimi" (DAVAN 12.1.005-88. MHST) ga asosan belgilanadi. Sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish binolarining ish orinlarida ishlab chiqarish mikroiqlimi, yil fasllari va bajariladigan ish toifasiga qarab, u yerdagi harorat, nisbiy namlik va havo harorati tezligining ish orinlari uchun ruxsat etilgan eng qulay (optimal) meyorlari belgilangan.I
Ish toifalari quyidagicha belgilanadi:
Yengil jismoniy ishlar toifasi (I toifa), otirib, tik turib yoki yurish bilan bog`liq bolgan holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zoriqish yoki yuklarni kotarishni talab qilmaydigan ishlar kiradi. Bunda insonning quvvat sarfi soatiga 150 kkal (172 j/s)ni tashkil etadi.
Ortacha og`irlikdagi jismoniy ishlar (II toifa) soatiga 150-250 kkal (175-293 j/s) quvvat sarflanadigan , doimiy yurib bajariladigan va og`irligi 10 kg gacha bolgan yuklarni tashish bilan bog`liq bolgan ishlar kiradi.
Og`ir jismoniy ishlar (III toifa) muntazam ravishda jismoniy zoriqish, xususan og`ir yuklarni (10 kg dan ortiq) doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga kochirish, kotarish bilan bog`liq bolgan ishlar kiradi. Yuk yuklovchi va tushiruvchi kishilarning, tamirlash, payvandlash, montaj ishlarni olib boruvchi kishilarning bajargan ishlari misol boladi. Bunda kishi sarflaydigan quvvat sarfi soatiga 250kkall (293 j/s) dan yuqori boladi.
1 jadval
Ishlab chiqarish binolardagi ish orinlarida havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining yol qoyiladigan meyorlari