Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan laboratoriya ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar Texnik oliy o’quv yurtlarining


LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA ХAVFSIZLIK



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/39
tarix14.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#79210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Yangi tajriba HFX 18 soat

LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA ХAVFSIZLIK
ТEХNIKASI QOIDALARI

Laboratoriya ishlarini bajarish laboratoriya xonasidagi ish joylarida mehnat muhofazasi bo’yicha barcha zarur yo’riqlardan o’tgandan keyingina talabalarga mashg`ulotlarni mustaqil bajarishga ruxsat etiladi. Bunda talabalar va yo’riqni o’tkazuvchi shaxs tomonidan "Yo’riqdan o’tganlik to’g`risida qaydnoma" daftariga qayd etilishi va imzolanishi shart.


Navbatdagi laboratoriya ishini bajarishda talaba jihozlar va asboblarning tuzilishi va ulardan foydalanish tartibi bilan tanishib, ishni bajarishga huquq beruvchi xavfsizlik bilimlari bo’yicha nazoratdan o’tgandan keyingina kirishishi mumkin.
Laboratoriya qurilmasida ishlaganda quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin: elektr qurilmaning yuqori kuchlanish bilan ta’minlanishi, havoning changlanishi, zaharli gazlarning ajralishi, to’g`ridan-to’g`ri tushuvchi yorug`lik ko’zning ko’rishiga zararli ta’sir etishi, yuqori darajali shovqin, ochiq alanga va boshqalar.
Laboratoriya qurilmalari va laboratoriya xonasida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini xavfsiz ko’rsatkichlarga keltirish uchun quyidagi himoya tadbirlarini ko’zda tutish lozim bo’ladi: nol o’tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o’chirish, chang va gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetizatsiyalash), yong`inga qarshi texnik vositalar, umumhavo almashtirish uchun so’ruvchi shamollatgich, yorug`likdan himoya ekrani, tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi) shovqin kamerasi va boshqalarning mavjudligi.
Laboratoriya xonasi birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun dori qutisi (aptechka) bilan ta’minlangan bo’lishi, laboratoriya xonasining har 50 m2 maydoni hisobida bitta o’t o’chirgich (OU-5) bo’lishi lozim, xonaga avtomatik yong`in xabarchilari (signalizatsiya) o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Baxtsiz hodisa sodir bo’lgan taqdirda talaba jabrlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart. Laboratoriya xonasida mehnat muhofazasi qoidalarining buzilishiga talaba ham javobgardir. Aytilganlarni hisobga olib, laboratoriya ishlarini o’tkazishda dastavval xavfsizlik talablarini o’rganish zarur bo’ladi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin