ISHNI ТUGAТISHDAGI ХAVFSIZLIK ТALABLARI Asboblar, jihozlar elektr taminotidan ajratiladi (elektr tokidan uzib qoyiladi). Keyin ish joyi tartibga keltirilib, asbob-uskunalar, malumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar oqituvchiga yoki laborantga topshiriladi
1 Laboratoriya ishi
Mavzu: Sanoat korxonalari va muassasalarda mikroiqlim
sharoitlarini aniqlash
II. Mashg`ulotning maqsadi: Ishlab chiqarish binolaridagi ish orinlarida mikroiqlimni sanitariya meyorlari, qollaniladigan asboblarni tuzilishi va ishlash jarayonlarini organish.
III. Laboratoriya ishini otkazish uchun qollaniladigan asboblar, jihozlar va korgazmali qurollar: Termometr, barometr, psixrometr, PBU-Sh, gigrometr, katatermometr, parrakli, va kosachali animometrlar, termoanimometr, Avgust va Assman, psixrometrlari.
IV. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 1. Ishlab chiqarishdagi mikroiqlimning gigiyenik meyorlari bilan tanishish.
2. Mikroiqlimni olchash uchun qollaniladigan asbob, uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash jarayonlari bilan tanishish.
3. Ish orinlaridagi mikroiqlim parametrlarini olchash:
4. Ish orinlarida aniqlangan havo parametrlari qiymatini sanitariya meyorlari (SN -245 - 79) va davlat standarti ( DAVAN 12.1.005-88. MXST ) talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlash.
5. Otkazilgan laboratoriya ishi tog`risida xulosa.
V. Laboratoriya ishini bajarganligi tog`risida oquvchining hisoboti. 1.Ish ornidagi mikroiqlimni olchash uchun qollaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).
2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish ornida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring va chizmasini chizing.
3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.
4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi tog`risida malumot bering.
5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini korsating.
6. Ish orinida mikroiqlim parametrlarini olchang hamda uni sanitariya meyorlariga tog`ri kelish va kelmasligi tog`risida xulosa qiling.