Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan laboratoriya ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar Texnik oliy o’quv yurtlarining


Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə5/39
tarix14.01.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#79210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Yangi tajriba HFX 18 soat

Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazish tartibi

Laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning mazmuni va usulidagi ba’zi tafovutlarga qaramasdan yo’riqnoma berishning umumiy elementlari ularning har biriga u yoki bu darajada xosdir .




I. Birinchi laboratoriya mashg`ulotini o’tkazishda beriladigan yo’riqnomada quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratiladi:
1) laboratoriya mashg`ulotlarini o’tkazishning maqsadi to’g`risida ma’lumot berish;
2) talabalarni ish o’rinlarini almashtirish grafigi bilan tanishtirish (nofrontal usulda);
3) laboratoriya xonasi va undagi ish o’rinlari bilan tanishtirish;
4) laboratoriya xonasidagi hatti - harakat qoidalari bilan tanishtirish;
5) asbob-uskunalar bilan ishni bajarishda xavfsizlak texnikasi qoidalari bilan tanishtirish;
6) talabalarning ish o’rinlarini aniqlab berish (ularni ish o’rinlariga taqsimlash);
7) topshiriqlarni bajarish, ma’lumotlarni qayd qilish, ish natijalarini rasmiylashtirish va hisobot tuzish tartibi to’g`risida ko’rsatmalar berish;
8) talabalarga navbatdagi laboratoriya ishlarining topshiriqlarini tarqatib berish;
9) mashg`ulotlar yuzasidan talabalarning bergan savollariga javob berish.
II. Keyingi (navbatdagi) mashg`ulotlarni boshlashdan oldin beriladigan yo’riqnomani quyidagi tartibda o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1) ish o’rinlarini almashtirish grafigiga muvofiq zvenolarni ish o’rinlari bo’yicha taqsimlash;
2) navbatdagi laboratoriya ishlari topshiriqlarini tarqatish;
3) mazkur mashg`ulotdagi laboratoriya ishini bajarishning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirish;
4) oldingi mashg`ulotlarni bajarishda uchragan xato - kamchiliklarning vujudga kelish sabablari va ularni bartaraf etish choralari to’g`risida tushuncha berish;
5) talabalarning yo’riqlarnoma va topshiriqlar yuzasidan bergan savollariga ularni qoniqtiradigan darajada javob berish .
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, o’qituvchi nafaqat laboratoriya ishlarini tashkil etishda, balki talabalarning ishlari ustidan uslubiy rahbarlikni amalga oshirishda ham mas’uldir. Uslubiy rahbarlik shunday amalga oshirilsinkim, bunda bir tomondan, tashabbus va mustaqillikning rivojlanishi ta’minlansin, talabalarning ishni bajarishga nisbatan, asbob-uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga nisbatan mas’uliyatni his etishlariga imkon yaratilsin, ikkinchi tomondan esa, ularning faoliyati doimo e’tiborda bo’lsin, zarur hollarda ularga xushmuomalalik bilan yordam berish talab etiladi.


Laboratoriya mashg`ulotlari uchun asbob-uskuna va ko’rgazmali qurollarni tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:

1) Kalendar ish rejasiga muvofiq asbob-uskunalarning zarur miqdorini aniqlash;


2) Ko’rgazmali qurollar va o’quv adabiyotlarini tanlash va tayyorlab qo’yish;
3) Asbob-uskunalarning texnik holatini tekshirish, nosozliklarni bartaraf etish, ularni ish vaqtida tekshirish, laboratoriya ishidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlarini olishni texnik jihatdan soz asbob-uskunalarda bajarish;
4) Belgilangan laboratoriya mashg`ulotini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi va yong`inga qarshi tadbirlarning holatini tekshirish va ularning bajarilishini ta’minlash.
Laboratoriya mashg`uloti o’tkaziladigan xonaning ko’rinarli joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga va yong`inga qarshi chora - tadbirlarga oid plakatlar osilgan bo’lishi kerak.
Тalabalarning o’zlashtirishini hisobga olish va uni xolisona baholash o’quv ishlari sifatini oshirishning muhim vositasidir.


O’zlashtirishni hisobga olish quyidagicha amalga oshiriladi:
• o’qituvchi yakka tartibda yoki guruh bilan birga har bir talabaning haqiqiy bilimini imkon darajasida to’liq aniqlaydi;
• o’qituvchi talabalarning ayrim tipik xatolaridan o’z vaqtida xabardor bo’lishi uchun ularning o’zlashtirish darajasini o’z vaqtida va muntazam tekshirishdan o’tkazib turadi ;
• o’qituvchi talabalarning o’zlashtirishini baholashning xolisona mezonlariga asoslanib, tabaqalashtirilgan reyting tizimi asosida bajaradi;
Тalaba bilimini o’z vaqtida va pedagogik jihatdan to’g`ri baholash ta’limda har tomonlama rag`batlantiruvchi tarbiyaviy rol o’ynaydi. O’qituvchi talabalar bilimini baholashda haqqoniy va prinsipial bo’lishi kerak, zero talaba bilimiga berilgan baho unga qoniqish va quvonch yoki xafagarchilik va umidsizlik his - tuyg`ularini bag`ishlaydi. Bahoni nohaq pasaytirish talabaning ruhini tushirib, uning o’qishga nisbatan befarq munosabatda bo’lishiga sabab bo’ladi, uning o’qish jarayonidagi tirishqoqlik va faolligini so’ndiradi, va aksincha, asossiz oshirib qo’yilgan baho talabada kekkayish hissini paydo qilib, u o’ziga nisbatan talabchanlikni pasaytiradi.
Bahoning rag`batlantiruvchi va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun o’qituvchi o’z qo’ygan bahosini asoslab berishi muhimdir. O’qituvchi talabaga uning yutuq va kamchiliklarini, yo’l qo’ygan xatolari va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatishi, o’zlashtirishning yuqori ko’rsatkichlariga erishish yo’llari to’g`risida maslahatlar berishi foydadan xoli bo’lmaydi .

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin