VI. Otkazilgan laboratoriya ishi tog`risida talabaning xulosasi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun umumiy malumotlar.
Sanoat korxonalarining ish orinlarida havo muhitining meteorologik sharoitini quyidagi korsatgichlar belgilaydi:
1. Havoning harorati °C larda.
2. Havoning nisbiy namligi, % larda.
3. Havoning bosimi , R/mm simob ustuni yoki Pa da.
4. Ish ornidagi havo harakati tezligi, m/s larda.
Bulardan tashqari ob-havo sharoitiga tasir qiluvchi ishlab chiqarish omillari mavjud bolib, bular har xil mashina mexanizmlar ishlov berilayotgan materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari bolib, ish ornida havo haroratining ortishiga olib keladi.
Yuqoridagi omillar tasirida hosil boladigan ishlab chiqarish binosining ish ornidagi havo muhitiga sanoat mikroiqlimi deb aytiladi. Meteorologik omillardan ayrim holda bittasi yoki bir nechasi birgalikda insonning mehnat qilish qobiliyatiga, sog`lig`iga juda katta tasir korsatadi. Ishlab chiqarish sharoitida esa, meteorologik omillarning deyarli hammasi bir vaqtda tasir qiladi.
Bazi sharoitlarda bunday omil foydali tasir korsatsa: masalan qish faslida isituvchi omil va shu bilan birgalikda texnologik jarayonlar natijasida zararli tasir darajasi ortib ketishi mumkin. Nisbiy namlik bilan birgalikda havo haroratining ortib ketishi inson sog`ligi uchun og`ir sharoitni vujudga keltirishi mumkin. Bulardan tashqari ish ornidagi havo haroratining oshirilishi, harorat yuqori bolgan holatlarda ijobiy natija bersa, harorat past bolganda salbiy tasir korsatadi.
Inson organizmidagi issiqlikni bir xil chegarada (36-37°C) saqlab turish, organizmda jismoniy va kimyoviy jarayonlar natijasida hosil boladigan issiqlikni tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvi hisobida amalga oshirilishi termoregulyatsiya deyiladi.Meteorologik sharoiti doim ozgarib turgan ishlab chiqarishdagi ish orinlarida tana haroratining ozgarmasligini saqlash, inson hayotining asosi bolgan organizmdagi biokimiyoviy jarayonlarning normal bolishini taminlaydi. Tana haroratining yuqorida korsatilgan darajadan ortib ketishini "issiqlik urishi", sovushini esa "sovuq urish " deb aytiladi.
Shu sababli ham inson organizmida "issiqlik boshqarilishining" fiziologik mexanizmi mavjud bolib, u markaziy asab tizimi nazorati ostida boladi. Bu fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashinuvi natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikning ortiqchasini tashqi muhitga chiqarib, issiqlik muvozanatini doimiy saqlab turishdir.Inson organizmining tashqi muhitga issiqlik chiqarishi 3 xil yol bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. Inson tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish (radiatsiya) orqali havo almashinuvi (45%).
2. Tanani orab turgan havo muhitini isitish (konveksiya) uchun (30%).
3. Tana terlab bug`lanishi va nafas olish yollari orqali (25%).