LABORATORIYA MASHG`ULOТLARI O’ТKAZISHNING SHAKLLARI, USLUBI VA ТARТIBI Fan – texnika taraqqiyoti o’qitish jarayoniga asosan yangicha yondashishni, o’qitishning yangi shakllari va samarali usullarini talab qilmokda, negaki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli o’quvchilarining fikr yuritishi va bilimining malakaviy osishiga yetarli yordam bermayapti.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha Oliy oquv yurtlarida oqituvchi talabalarga tayyor bilimlarni beribgina qolmasdan, balki ularga mustaqil fikr yuritish, ijodiy izlanish, faollik va ziyraklik konikmalarini singdirishi zarur.
Laboratoriya mashg`ulotlarini otkazishning maqsadi talabalarning Mehnatni muhofaza qilish fani boyicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy jihatdan kundalik hayotiy jarayonlarda qollashga orgatishdir. Bunday mashg`ulotlar davomida talabalar oqituvchi rahbarligida mustaqil ishlaydilar, nazariy bilimlarini amaliy malaka bilan mustahkamlab, uskuna va jixozlarning tuzilishi bilan tanishadilar, ulardan foydalanish mahoratini egallaydilar. Laboratoriya mashg`ulotlari ozlarining maqsad-vazifalari jihatdan bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega bolmay, balkim nazariy talim bilan ishlab chiqarish talimi ortasida bog`lovchi vosita hisoblanadi.
Oquv dasturida laboratoriya mashg`ulotlarini sanitariya meyoriy qoidalarga toliq javob beradigan yetarli maydonda otkazish kozda tutilgan. Barcha ishlarni bajarishga imkon beradigan zarur asbob-uskunalarga ega bolgan laboratoriya xonasida bu ishlarning sifatli bajarilishi talaba va oqituvchining mashg`ulotlarga nechog`lik puxta tayyogarlik korganiga va mazkur mashg`ulotlarni tog`ri tashkil etishiga bog`liq.
Laboratoriya mashg`ulotlarini otkazishga rahbarlik qilishni tashkil etish va uning uslubiy taminoti korib chiqilar ekan, quyidagi asosiy masalalarga etibor qaratish lozim : 1) muayyan ishlarni shunchaki bajarishnigina emas, balki ish jarayonida talabalarning mustaqilligini oshirishni nazarda tutish, mashg`ulotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, uning mazmunini va bajarilish tartibini tushuntirib berish; 2) talabalarga xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini orgatish.