Hayot faoliyati xavfsizligi praktikumi fanidan tayyorlagan Mustaqil taʼlim topshirigʻi



Yüklə 15,66 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü15,66 Kb.
#201362
1   2   3   4   5   6
Ubaydullayeva Xurshida HFXP

Titrashga qarshi kurash ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini ishlab chiqilayotganda, hamda ishlab chiqarishning tartibot jarayonlari tanlanayotgan davrdan boshlanadi. Ushbu tadbirlarga quyidagilar kiradi: Shovqinni manbalarda kamaytirish, shovqin yo‘lini to‘siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti jarayonlarini va uskunalarni mukammallash-tirish, korxonalarni me’moriy rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.

Har qanday dastgohda bo‘ylama yoki aylanma harakat natijasida aerodinamik, mexanik va elektromagnit shovqinlari mavjud. Bu xildagi shovqinlarni 5-10 dBl ga pasaytirish uchun tishlik o‘tkazgichlardagi oraliq, tirqishlarni barham topishi, imkoni borcha plastmassa detallarni ayniqsa o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash hamda harakatdagi qismlarni moylash kifoyadir.

Aerodinamik va elektromagnit shovqinlarni to‘sish va yutish xususiyatiga ega bo‘lgan ekran va maxsus qoplamalar ishlatiladi.

Sershovqin hamda zararli binolar alohida mintaqaga joylashtirilgan holda loyihalashtirilishi va ularga yaqin binolar yoki korxonalarni sanitariya me’yorlari talabiga muvofiq masofaga joylashtiriladi.

Ishlab chiqarish binolarini va yordamchi binolarni va yordamchi binolarni loyihalarini tuzayotganda kam shovqinli xonalarni iloji borcha sershovqin dastgohlar o‘rnatilgan xonalardan uzoqroq joylashtiriladi. Sershovqin binolarda ishlaydigan ishchilarni shovqindan himoya qilish uchun akustik ekranlar yoki tovush yutgich qopqoqlar, masofada turib boshqarish, bino devorlarini va shiftini tovush yutgich materiallar bilan pardozlash, tovushdan himoyalangan dam olish xonalarini tashkil qilish, tebranma yoki aylanma harakat qiluvchi qismlari mavjud dastgohlarni yumshatgich moslamalari (amortizatorlar) bo‘lgan – poydevorlarga o‘rnatilishi va boshqalar zarur tadbirlardan hisoblanadi.

Titrash ta’siridan himoyalanish, loyihalash bosqichlaridayoq boshlanib, barcha jihozlar, asbob uskunalarni pasportlaridagi shovqin va titrash ko‘rsatkichlariga qarab, eng qulaylarini tanlab olinadi. Bunda tebranuvchan va shovqinli dastgohlar mavjud bo‘lgan binolarni, alohida ajratib shamol yo‘nalishi bo‘ylab hudud chekkasiga joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Manbalardagi titrashlarni zararli ta’sirini kamaytirish usullarini ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi manbalardagi titrashni qo‘zg‘atuvchi kuchlarni pasaytirish bo‘lsa, ikkinchisi ularning poydevori bilan va boshqa dastgohlar hamda qurilish konstruksiyalari bilan bog‘langan joylarida titrashni pasaytirishdir.Manbalardagi titrashlarni pasaytirishda mashina, jihoz, aslahalarni to‘g‘ri o‘rnatish, ularni o‘z vaqtida sifatli ta’mirlash, moylab turish, ish tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish va ularni zo‘riqtirmasdan me’yorida ishlashini ta’minlash, jihozlarni masofadan turib boshqarish hamda shaxsiy muhofaza qurollari va kiyimlaridan o‘rinli foydalanish kutilgan samaraga erishish imkoniyatini yaratadi.Agar manbaning o‘zida tebranishni pasaytirish iloji bo‘lmasa, u holda manba asosi bilan uning poydevori o‘rtasida titrashni so‘ndiruvchi rezina yoki prujina yoki amartizatorlar qo‘yib pasaytiriladi.Titrashni pasaytirishda eng samarali usul, tebranuvchi jihozlarni o‘ta takomillashgan tebranmaydigan yoki kam tebranadigan dastgohlar bilan almashtirishdir.


Yüklə 15,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin