Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o’zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o’rnatish, o’z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.

Shovqinga qarshi kurash ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini ishlab chiqilayotganda, hamda ishlab chiqarishning tartibot jarayonlari tanlanayotgan davrdan boshlanadi. Ushbu tadbirlarga quyidagilar kiradi: Shovqinni manbalarda kamaytirish, shovqin yo’lini to’siqlar yordamida pasaytirish. Mehnat tartiboti jarayonlarini va uskunalarni mukammallashtirish, korxonalarni me’moriy rejalashtirish hamda binolarni akustik jihozlashlar kiradi.
Titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og‘ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
. Titrash quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
-titrash chastotasi f (Gs); -titrash amplitudasi A (mm); -titrash tezligi V (mm/s); -titrash tezlanishi w (mm/s2).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkamligini va Yermetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.