Sanoat korxonalarida va uning sexlarida xar xil texnologik qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, to’qimachilik fabrikalarining sexlarida, asosan to’qish sexlarida shovqin darajasi 90-95 dB tashkil etadi. Mexanik va instrumental sexlarida shovqin darajasi 85-92 dB, kompressor stansiyalarining mashina zallarida shovqin darajasi 95-100 dB tashkil etadi.
Avtotransport. Shovqin asosan shaharlarning magistral, ya’ni asosiy kuchalarida kayd etilgan. Urta intensiv xarakatda- 1 soatda 2000-3000 transport birligi kayd etilgan. Shovqinning maksimal darajasi 90-95 dBA –ga teng.

Transport harakatining (oqimining) shovqin xarakteristikasi birinchi navbatda yul kategoriyasiga bog’liqdir. Ko’chadagi shovqin darajasi transport xarakatining intensivligi, tezligi va xarakteridan aniqlanadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 – 20000 Gts.gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 – 20000 Gts.gacha bo’lgan to’lqinlarini eshitadi.
20000 Gts. dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko’rsatadi.
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘ligiga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek, shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va muvozanatini buzadi, tovush va yorug‘lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko‘z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir bo‘lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi.