O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi
1.2.Respublikamizda neft gazni qayta ishlash korxonalari SHo‘rton gazni qayta ishlash zavodi asosan Kamoltingo‘gurtli tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bu zavodda tabiy gazni sovitib quyi temperaturada suv va gaz kondensat tomchilaridan tozalovchi; ceolitlar va absorbentlar yordamida oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S) tozalovchi; nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi; gaz kondensanti tindiruvchi;tabiiy gazdan quyi temperaturada propan-butan frakciyasini ajratib oluvchi texnologik qurilmalar ishlab turibdi.
Hozirgi vaqtda, SHo‘rton gazni qayta ishlash zavodining yaqinida yangi zamonaviy gaz-kimyo kompleks ishlab turibdi. Bu kompleksni "ABB Lummus Global" kompaniyasi bilan hamkorlikda qurildi. Bu kompleksda tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan (asosan N2S gazidan) absorbentlar yordamida tozalovchi; tabiiy gazni sovitib quyi temperaturada suv va gaz kondensati tomchilaridan tozalovchi; gazni metan, etan va propan - butan frakciyalariga ajratuvchi; etan frakciyasini piroliz qurilmasiga berilib, asosan etilen oluvchi; etilendan polietilen maxsulotlarini oluvchi qurilmalarni o‘z ichiga olgan. Zavodning quvvati yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish mo‘ljallangan bo‘lib shundan 45 ming tonnasi qo‘shni davlatlarda (asosan qozog‘iston, qirg‘iziston va Turkmaniston) sotilmoqda.SHundan qilib Respublikamizning «O‘zbekneftgaz» xolding shaklidagi milliy korporaciyasining korxonalari mamlakatimizning xalq xo‘jaligi tarmoqlarini sifatli neft va gaz maxsulotlari bilan to‘la ta‘minlamoqda.CHetdan bu maxsulotlar olib kelinmaydi.
Yuqorida neft va gaz kondensatini bir xil texnologik qurilmalarda kayta ishlanadi deb o‘tgan edik. SHu sababli biz Fag‘ona neftni qayta ishlash zavodining asossiy texnologik qurilmalarini ishi bilan tanishib chiqamiz.Zavodga kelgan neft maxsus qurilmalarda tarkibidagi mayda suv tomchilaridan tozalanadi, shu vaqtda suvda erigan tuzlar ham chiqib ketadi.
2-rasm.Sho‘rtongazkimyo majmuasi makyeti.
Suv va tuzdan tozalangan neft issiqlik almashtiruvchi apparatlarida 2000S gacha isitilib, rektifikaciya kallonnasiga beriladi. Bu kalonnaning tepa qismidan neftni tarkibidagi 2000S gacha qaynab chiqadigan frakciyasi, ya‘ni benzin frakciyasining bug‘lari ajralib chiqadi. Ularni sovitish sistemasiga yuboriladi. qisman benzindan tozalangan neft atmosfera bosimida 360 gradusgacha qizdirilib rektifikaciya kallonnasiga beriladi. Kalonnaga neft bug‘ va suyuqlik holida keladi. Bug‘lar kalonnaning tepa qismiga ko‘tarilib har xil frakciyalarga ajratiladi. Tepa qismidan benzin bug‘lari yon qismidan kerosin va dizel yoqilg‘isi frakciyalari olinadi. Kalonnaning tagidan suyuq qoldiq mazut olinadi. Oltiariqdagi zavodda mazutni termik krekning jarayoniga berilib, mazutdan qo‘shimcha ravishda engil frakciyalari olinadi.Farg‘onada esa, mazut vakuum sharoitida ishlaydigan pechda 460-4800S gradusgacha qizdirilib,rektifikaciya kalonnasida turli moy frakciyalarga ajratiladi.Kalonnaning ostidan qoldiq qismi - gudron olinadi. Gudronni maxsus qurilmaga berilib, bu erda suyuq propan yordamida suyuq va qattiq qismga ajratiladi. Suyuq qismi moy frakciyasi deyiladi, qattiq qismi esa bitum olish sexiga yuboriladi.
Ma‘lumki, neftdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan frakciyalarni va neftdan ajratilib chiqqan gazlarni xalq xo‘jaligida ishlatib bo‘lmaydi. Bularni tovar maxsulot xoliga keltirish uchun maxsus qurilmalarda qaytadan ishlash kerak. Neftdan olingan benzin frakciyasini oktan soni 55-60 ga teng bo‘lib uni avtomobillarda yoqilg‘i sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Benzinni katalitik riforming qurilmalarida oktan sonini 80 – 99gacha oshirilib, undan sifatli 80 va 93 benzin maxsuloti olinadi.Neftdan olingan kerosin va dizel yoqilg‘isi frakciyalarini tarkibida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Ularni gidrochistka jaroyoniga berilib merkaptanlar va boshka birikmalardan tozalanadi. Vakuum sharoitida ishlaydigan kalonnadan olinadigan moy frakciyalarini, har qaysisining alohida aloxida qayta ishlaniladi. Birinchi navbatda ularni tarkibidagi og‘ir aromatik uglevodorodlar va smolasimon birikmalar ajratib olinadi. Keyin yuqori molekulali qattiq parafinlar ajratib olinadi. Qolgan suyuq qismidan turli xil moylar tayyorlanadi. Ajratib olingan og‘ir aromatik uglevodorodlar kokslash jarayoniga beriladi.
Yuqoridagi jarayonlarda ajralib chiqadigan gazlarni yig‘ib ularni turli frakciyalarga ajratib oladi.Er qobig‘idan qazib olinayotgan tabiiy gaz o‘zi bilan birga har xil chiqindilar: suv, gaz, gaz-kondinsanti har xil gazlar mineral chiqindilarni olib chiqadi. Tabiiy gazni ham tabiiy holga keltirish uchun birinchi navbatda tabiiy gaz konlarida tindiriladi. Keyin gazni qayta ishlash zavodida gazni namlikdan quritiladi, oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S) tozalanadi. Tozalangan gaz tovar gaz holida iste‘molchilarga yuboriladi. Ajratib olingan N2S gazidan oltingugurt olinadi.
Biz "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi" fanini o‘qish davomida neft gaz kondensati va gazlardan sifatli tovar maxsulotini olishga qaratilgan yuqorida qayd etilgan jarayonlarni har birini alohida -alohida o‘rganib chiqamiz.
FARG'ONADAGI ZAVODDA NEFT VA MAZUTNI BIRLAMCHI XAYDASHNI SODDALASHTIRILGAN TEXNOLOGIK SXEMASI
1. Neftni el.tokki bilan suv va tuzlardan tozalovchi qurilma; 2. issiqlik almashinish apparati; 3. kichik rektifikaciya kolonnasi; 4,5-atmasfera bosimi sharoitida ishlaydigan pech va reaktifikaciya kolonnasi; 6,7-vakuum sharoitida ishlaydigan pechch‘ va rektifikaciya kolonnasi