IShNI BAJARISh TARTIBI.
1.Vibrografga lenta qo‘ying.
Vibrograf dastasini "viklyucheno" holatga keltiring.
Prujina mexanizmini soat strelkasi bo‘yicha oxirigacha burang.
Vibrostend elektrodvigatelini yurgizing va avtotransformator orqali 300-400 ayl/min tezlikka erishing.
Vibrografni qo‘lingizda ushlab turib sterjenning tashqi uchini stol yuzasiga tekkizing. Asbobni asta bosib peroni lentaning o‘rtasiga keltiring.
Vibrografni yurgizib, shu holatda 2-3 sek ushlab turing.
O‘lchashni tugatib, asbob ichidagi lentani oling. Lupa yordamida ikkilamchi amplituda bo‘lmish A ni lineyka bilan o‘lchang. Yuqorida aytganimizdek vibrogramma amplitudasi olti marta katta qilib yozilganligi uchun, uning haqiqiy qiymati quyidagi formula yordamida topiladi.
, mm (21)
Vibrogrammada tebranishlar chastotasi /f/ ni hisoblang. Buning uchun vibrogrammaning 1-sek oralig‘idagi bir tomonga qaragan tishchalar sonini hisoblab chiqish kerak.
Tebranish davrini hisoblang.
10. O‘lchangan chastota va amplituda qiymatlarini 21-formulaga qo‘yib
tebranma harakat tezligini aniqlang.
11. Olingan qiymatlarni 3-jadvaldagidek, uskunalar uchun titrashning ish joylarida yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan qiymatlariga solishtiring.
12. Formula (5) yordamida titrashning tezlanishini aniqlang:
13. Titrashning hisoblab chiqilgan qiymatlariga qarab shu ish stolida ishlash mumkin yoki mumkin emasligi haqida xulosa chiqaring. Qiymatlarni solishtirish uchun quyidagi jadvalni to‘ldiring.
2. Tebranish amplitudasi qaysi kattaliklarda o‘lchanadi?
Javob: mm, mm/s, %, mm/s2, s/mm2
3. Tebranma harakat tezligi qaysi formuladan aniqlanadi?
Javob: V=2πfAT; V=2πf2A; V=2πfA2; V=2πfA; V=2πf2A2.
4. Ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganda yoki korxona ma’muriyatining ruxsati bilan 18 yoshga to‘lmaganxomilador ayollar va ichak-oshqozon kasalligi bor ishchilar titrashli ishlarda ishlashi mumkinmi?
Javob: mumkin, mumkin emas,vaqtinchamumkin,faqat bir smenaga mumkin.