LABORATORIYa IShI № 2 SANOAT KORXONALARI VA MUASSASALARDA MIKROIQLIM PARAMETRLARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Ish joylarida mikroiqlim sharoitlariii nazorat qilish usullari va asboblari bilan tanishish hamda qabul qilingan sanitariya me’yorlari (GOST-12.1.005-88) talablari asosida baholash
Kerakli jihozlar: Avgust psixrometri, aspiratsion Assman psixrometri, havo tezligini o‘lchash uchun kosachali va qanotli anemometrlar, barometr, shamollatgich va sekundomerlardir.
Ishni bajarish tartibi: Laboratoriya ishining bayoni va asboblar bilan tanishib chiqing.
Quyidagi mikroiqlim kattaliklarini aniqlang:
a) barometr-aneroid yordamida atmosfera bosimini;
b) Assman psixrometrining quruq termometri yordamida havoning haroratini;
v) Assman -psixrometri yordamida havoning nisbiy namligini (bu asbobda nisbiy namlikni o‘lchashda termometrning mato o‘ralgan idishi suv bilan ho‘llanib, ventilator yurgizib yuboriladi. Agar prujinali ventilator bo‘lsa,dastasi soastrelkasi bo‘yicha 5-6 marta buraladi);
Anemometr maishiy ventilatordan 2-2,5 m masofada, havo oqimiga qo‘yibuningtezligi aniqlanadi.
Avgust psixrometri yordamida nisbiy namlik aniqlanadi.
Ish joyidagi o‘lchangan mikroiqlim sharoitlarga nomogramma (2-rasm) bo‘yicha baho bering va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiriting.
Topshiriqlar:
Mikroiqlimning asosiy kattaliklari va ularning kishi organizmigata’siribilan tanishish;
Mikroiqlim kattaliklari - harorat, nisbiy namlik, havo harakatining tezligi va atmosfera bosimini o‘lchash asboblarini o‘rganish;
3. Laboratoriya sharoitida ish joylarida mikroiqlim kattaliklarini o‘lchash va topilgan kattaliklarni sanitariya va standart me’yorlarga solishtirish;
Tayanch iboralar: havoning harorati, nisbiy namlik, ruxsat etilgan miqdor, mikroiqlim.
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish sexlarining ish zonalaridagi havo muhiti quyidagi sharoitlar bilan xarakterlanadi: havoning harorati, nisbiy namlik, havo xarakatining tezligi va atmosfera bosimi. Bundan tashqari, sanitariya-gigik sharoitlari issiqlik nurlanishiiing jadalligi va kishini qamrab turgan havo muhitidagi gazlar ko‘lami sifatiga (havoning gazlar, bug‘lar, chang, ionlashganlik darajasi va boshqalar bilan ifloslanganligiga) ham bog‘liq.
Sexlarda ish unumdorligini oshirishda, me’yoriy iqlim sharoitlarni yaratish muhim rol o‘ynaydi. Sexlarda mo‘tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari GOST 12.1.005-88 bilan belgilanadi.
Mikroiqlim kattaliklarining kishi organizmiga ta’siri.
Ma’lumki, kishi organizmi uzluksiz ravishda issiqlik ajratib chiqaradi, bu issiqlikning miqdori ma’lum mikroiqlim sharoitida mushaklar ishining jadalligiga bog‘liq. Tinch xolatda turganda kishi organizmi o‘rta hisobda 70 kkal/soat issiqlik chiqaradi. Organizmga tushadigan yukning ortishi bilan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ham ortadi. Odam bajaradigan barcha ishlar og‘irlik darajasi bo‘yicha uch kategoriyaga bo‘linadi:
I. yengil ishlar: Bularga asosan, o‘tirib bajariladigan, turib yoki yurib bajariladigan, lekin muntazam ravishda zo‘riqish talab qilmaydigan yoki yuk ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar kiradi. (yenergiya sarfi 172 Dj/sek yoki 150 kkal/soatgacha).
IIa. O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar: ularga doimo yurib bajariladigan, tik turgan holda bajariladigan va yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar kiradi (yenergiya sarfi 172-232 Dj/sek 150-200 kkal/soat).
IIb. O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar. Bularga yurib va unchalik og‘ir bo‘lmagan yuklarni (10 kg gacha) tashish bilan bog‘liq ishlar kiradi. energiya sarfi 232-295 Dj/sek yoki 200-250 kkal/soat).
III.Og‘ir ishlar: Bularga surunkali ravishda zo‘riqish bilan, doimo salmoqli og‘irlikdagi yuklarni (10 kg dan ortiq) tashish bilan bog‘liq ishlar kiradi (yenergiya sarfi 295 Dj/sek yoki 250 kkal/soat dan ortiq).
Organizmagi fiziologik jarayonlarni me’yorda borishi uchun atrof-muhit ajralib chiqayotgan issiqlikni o‘ziga qabul qilish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Organizm ajratib chiqarayotgan issiqlik miqdori va atrof-muhitning sovutish xususiyatiga mos tushishi uning nufuzini belgilaydi. Agar kishi yuqori ish unumdorligiga erishgan holatda ham yaxshi kayfiyatini ta’minlansa, bunday mikroiqlim sharoit komfort ya’ni eng qulay sharoit hisoblanadi. Ma’lumki, kishi organizmi termoregulyatsiya, ya’ni o‘z haroratini boshqara bilish xususiyatiga ega. Bu asosan quyidagi uch xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: bioximik, qon aylanish intensivligining o‘zgarishi va terlash.
Bioximik termoregulyatsiya organizmda kechadigan jarayonlarning jadalligi o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi. Qattiq sovuq yeganda mushaklarning titrashi organizmning issiqlik ajratib chiqarishini 150-200 Vt/s gacha oshirishi aniqlangan. Organizm qizib ketganda issiqlikni atrof-muhitga berishi ortadi. Bu teri qon tomirlarining kengayishi va ularga qonning ko‘p miqdorda oqib kelishi natijasida sodir bo‘ladi va aksincha, organizm sovub ketganda teri qon tomirlarining torayishi ularga qonning kam oqib kelishi tufayli tashqi muhitga issiqlik berish kamayadi.
Kishi terlaganda, namlikning bug‘lanishi natijasida terining yuzalari issiqlikni yo‘qotadi. Komfort sharoitda issiqlik uzatish miqdori issiqlik paydo bo‘lish miqdoriga tengdir. Soddaroq qilib aytganda organizm qancha issiq chiqarsa shuncha miqdordagi issiqlikni, tashqi muhitga beradi. Shuning uchun kishi organizmining harorati doimo 36,0-36,6 °S miqdorda saqlanadi. Agar issiqlik muvozanati buzilsa, kishi o‘zini yomon his qiladi.
Masalan, agar issiqlik uzatish issiqlik ajratib chiqarishdan kam bo‘lsa, organizmda issiqlik yig‘ilib u qizib ketadi. Yoki, issiqlik uzatish, issiqlik ajratib chiqarishdan ko‘p bo‘lsa organizm sovib ketadi. Organizmning qizib yoki sovib ketishi, uning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, hamda kasallik yoki baxsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ishchilarning komfort hissiyoti sex havosining mikroiqlim parametrlarini tanlashga bog‘liqdir. Sanoat korxonalarini loyihalash me’yorlari sexda bajariladigan ishning tabiatini, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasini va yil faslini hisobga oladi. Ishlab chiqarish sexlaridagi mikroiqlim sharoit ko‘pgina hollarda nafaqat komfort talablarni, shu bilan birga texnologik jarayonni zarur shart-sharoitlarini ham qoniqtirishi kerak. Mikroiqlim - kattaliklari bu jarayonning bajarilishiga yordam beradi, yoki to‘sqinlik qiladi. Agar texnologik talablar bo‘yicha tanlangan mikroiqlim kattaliklar komfort shart-sharoitga yoki sanitariya talablariga mos tushmasa, sexda ishlovchilarga alohida komfortli zonalar tashkil qilinadi (1-jadval).
1-jadval
Ish zonalaridagi metrologik sharoitlarni muqobil (optimal) ko‘rsatkichlari
Ish kategoriyalari
Yilninig issiq davri
Yilninig sovuq va o‘tish davrlari
Havo harorati,OS
Havo tezligi, m/s
Havo harorati,OS
Havo tezligi, m/s
Yengil Ia
Yengil I b
O‘rtacha og‘irlikdagi: IIa
IIb
Og‘irIII
22 — 25
21 - 24
21 — 23 20 — 22 18 — 21
0,2
0,2
0,3 0,4 0,5
20 — 23
19 - 22
18—20 17- 20 16—18
0,2
0,2
0,2 0,3
0,3
Laboratoriya qurilmasining bayoni.
Laboratoriya qurilmasi, mikroiqlim kattaliklarini o‘lchash asboblari majmuasidan tashkil topgan. Bular Avgust psixrometri, aspiratsion Assman psixrometri, havo tezligini o‘lchash uchun kosachali va qanotli anemometrlar, barometr, shamollatgich va sekundomerlardir.
1-rasm. Avgust psixrometri
2-rasm. Aspirasion Asman psixrometri
3-rasm.Qanotchalik anemametr 4-rasm. Kosachali anemametr
Sexdagi harorat odatda psixrometrning quruq termometri yordamida o‘lchanib, u havoning nisbiy namligini o‘lchash bilan birga qo‘shib olib boriladi. Sexlarda issiqlik chiqaruvchi manbalar mavjud bo‘lsa simobli termometrlarning bir jufti qo‘llaniladi. Bulardan birining simobli idishi kumushlantirilgan, ikkinchisi esa qoraga bo‘yalgan bo‘ladi. Termometrlarning ko‘rsatishi har xil bo‘ladi, buning sababi, kumushlantirilgani nurli energiyani qaytarsa, qoralangani uni yutadi. Bu holda haqiqiy harorat quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
thaq=tag-a(tq-tag) (1)
bu yerda thaq - haqiqiy harorat;
tag - kumushlantirilgan termometr ko‘rsatkichi;
tq- qoraytirilgan termometr ko‘rsatkichi;
a - asbobning konstantasi.
Nisbiy namlik psixrometrlar yordamida o‘lchanadi. Ularning asosiy qismi ikkita bir xil termometrdan iborat. Ulardan birining rezervuari gigroskopik mato bilan o‘ralgan bo‘ladi. Psixrometrning ishlash prinsipi atrof-muhit havosining namligiga qarab bug‘lanish jadalligiga asoslangandir. Atrof-muhit havosi quruq bo‘lsa ho‘llangan termometr Tx ko‘rsatishi qancha past bo‘lsa, bug‘lanish jadalligi shuncha katta bo‘ladi. Havo suv zarrachalariga to‘yingan bo‘lsa, unda ho‘llangan termometr Th ko‘rsatishi quruq termometr Tq ko‘rsatishiga teng bo‘ladi.
Odatda nisbiy namlikni o‘lchash uchun Avgust va Assman psixrometrlari qo‘llanadi. Assman psixrometri ancha mukammal bo‘lib, unda ikkala termometr rezervuarlari metalldan yasalgan naychalar ichiga joylashtiriladi. Bu ularniissiqlik nurlanishi ta’siridan asraydi. Sexdagi havo harakatining termometr rezervuarlariga ta’sirini kamaytirish maqsadida shu naychalar orqali maxsus ventilator yordamida tezligi 2,5-3,0 m/s bo‘lgan havo oqimi so‘rib turiladi. Ventilator psixrometrning korpusiga o‘rnatilgan bo‘lib prujina yoki elektr dvigatel yordamida yurgiziladi. Psixrometr termometrlari ko‘rsatkichlarini o‘lchab olgach, nisbiy namlik psixrometrik jadvallar yoki nomogrammalar (5-rasm) yordamida aniqlanadi.
Havo harakatining tezligi odatda anemometrlar bilan aniqlanadi. Anemometrlar ikki xil bo‘ladi. Kosachali anemometrlar 1-15 m/s oraliqdagi tezliklarni, qanotli anemometrlar ancha kichik 0,3-0,5 m/s oraliqdagi tezliklarni o‘lchashga mo‘ljallangandir. Laboratoriya sharoitida havoning harakati maishiy ventilator yordamida hosil qilinadi. O‘lchov ishlari quyidagicha olib boriladi. Anemometr hali yurgizilmasdan avval ko‘rsatkichilari yozib olinadi va uni o‘lchanishi kerak bo‘lgan havo oqimiga kiritiladi. Kosachali anemometr vertikal, qanotli anemometr esa qanotlari havo oqimiga perpendikulyar holatda qo‘yiladi. Shu holatda anemometr inersiya qarshiligini yengish uchun 15-20 s salt aylantiriladi va undan so‘ng bir vaqtda asbob bilan sekundomer yurgiziladi. Shunday holda u 50-100 s havo oqimida ushlab turiladi va o‘chirilib anemometrning ko‘rsatkichi yozib olinadi. Quyidagi formuladan anemometr strelkasi bir sekundda
(2)
shkalaning necha bo‘lagiga surilganini aniqlab olamiz.
bu yerda N1, N2 - anemometrning boshlang‘ich va oxirgi ko‘rsatkichlari,
t - o‘lchash vaqti, s.
Bu kattalik yordamida esa har bir anemometr pasportida beriladigan grafikdan foydalanib havo harakatining haqiqiy tezligi m/s larda aniqlanadi. Atmosfera bosimi bizga ma’lum bo‘lgan barometr-aneroidlar yordamida o‘lchanadi.
5-rasm.Nomogrammalar.
Hisobot
Topshirish savollari.
1.Sexlarda havo harakati tezligi qaysi kattaliklarda o‘lchanadi?
Javob: m2/s, m/s2, m/s, m3/s, m2/s2.
Nisbiy namlik qaysi kattaliklarda o‘lchanadi?
Javob: mg/s, s/m2, % , m2/m, s/m2.
Atmosfera bosimi mikroiqlim sharoitini xarakterlovchi kattalik bo‘laoladimi?
Javob: ha, yo‘q, qisman, ayrim hollarda.
Havoning harorati qaysi asbob bilan o‘lchanadi?
Javob: barometr, anemometr, reometr, termometr, altimetr.
Sexlarda havo harakati tezligi qaysi asbob bilan o‘lchanadi?
Javob: animometr, psixrometr, luksmetr, elektrometr, manometr.
Og‘irlik kategoriyasi o‘rta ish joylaridagi havo harakati tezligining yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan me’yorini ko‘rsating (m/s larda).
Javob: 0,1;0,3;0,5;0,7;0,9.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________