Modul 10. FM boshligining ish rejasi. Reja. 1. FM ni boshkarish.
2. FM rejasi.
Tayanch iboralar Karantin-observatsion, sanitar-gigienik, epidemiyaga
Fuqaro Muhofazasiga Vazirlar Mahkamasi umumiy raxbarlik qiladi. Raxbarlik funktsiyasini xukumat Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi orqali amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
O’z vakolat doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bulgan qarorlarni qabul qiladi; boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishiga tayyor bo’lishini tashkil etadi; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishni amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi. Fuqarolik muhofazasi boshqarish organlari FVDT rahbar organlari va kundalik boshqaruv organlaridan iborat. FVDT (favqulodda vaziyatlar davlat tizimi) rahbar organlari - bu aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va ob’ektlar maьmuriyatidir. FVDT ning kundalik boshqaruv organlari- bu FVDT ning tegishli hudud va funktsional quyi tizimlari, hamda uning bo’g’inlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir.
Boshqaruvni Respublika darajasida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi olib boradi. Joylarda esa;
-atrof tabiiiy muhit va kuchli xavfli ob’ektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish uchun masьul bo’lgan, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yong’in chiqish mumkin bo’lgan va boshqa xavfli ob’ektlari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar;
-mahalliy darajada viloyatlar va tumanlar hokimliklari;
-ob’ektlar darajasida-korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) maьmuriyati olib boradi.
Aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan Muhofaza kilish masalalarining asosiy vazifalarini bajarilishini taьminlash, fuqarolar muhofazasi rejasi va uning mukammalligi bilan uzviy bog’liq.
Fuqarolar muhofazasining rejasi - bu qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam berish kerak bo’lgan muhofaza tadbirlarining oldindan ishlab chiqilgan, asoslangan moddiy taьminlangan majmuasidan iborat.Fuqarolar muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish-fuqarolar muhofazasini boshqarish jarayonining eng muxim tarkibiy qismidir. U tinchlik va harbiy harakatlar davrlari sharoitlarini tahlil qilish va ularga baho berishdan, harbiy harakatlar davrlarida aholini muhofaza qilish va xalq xo’jaligi ob’ektlari va tarmoqlarining barqarorligini oshirish yuzasidan qutqarish ishlarini belgilashdan, avariya qutqarish ishlarini o’tkazishga kuch va vositalarni tayyorlashdan, ular faoliyatini va boshqaruv organlarini har tomonlama taьminlashdan iboratdir.
Bu tadbirlarni bajarilishi uchun kerakli resurslar ajratiladi, amalga oshirish ketma-ketligi, muddatlari, usullari belgilanadi, hamda fuqaro muhofazasi tadbirlarini o’tkazish uchun masьul kishilar tayinlanadi.
Rejalashtirishdan asosiy maqsad, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan holda,shuningdek tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatlarini tugatishda fuqarolar muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
Rejalashtirish tinchlik va harbiy harakatlar davrlariga alohida-alohida amalga oshiriladi va rejani mahalliy davlat hokimiyati organlari ishlab chiqadilar. Ishlab-chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarini muhofaza qilish bo’yicha zarur choralarni rejalashtiriladi. Bunday direktiv hujjatlarga asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari kiradi.
Fuqarolar muhofazasi tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy va boshqa tavsiflarini, xususiyatlarini hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lish xavfi qanchalik realligini hisobga olib, oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, hamda mumkin qadar maksimal darajada muhofaza qilish maqsadida hamma fuqarolar muhofazasi rejalariga bir xil talab qo’yiladi.