Dovul, to’fon va quyunlar Dovul, to’fon- birgina shamolning turlicha nomlanishi bo’lib, ularning bir-biridan farqi tezligidadir.Dovul (tayfun) -qattiq bo’ron bo’lib, o’zining vayron qiluvchi kuchi bilan zilzilaga teng keluvchi tabiiy ofatlardan biridir. U binolarni vayronaga aylantiradi, ekinzorlarni payhon qiladi, daraxtlarni ildizi bilan sug’urib tashlaydi, yengil inshootlarni buzib yuboradi, ko’prik va yo’llarni shikastlaydi. U odamni bemalol havoga ko’tarishi yoki uning ustiga shifer, oyna, g’isht, turli buyumlar bo’laklarini olib kelib tashlashi mumkin.
Quyun (tornado) -diametri bir necha o’ndan yuzlab metrga yetadigan havo ustunidir. Quyun quyun bulutidan tug’iladi, uzun xartum ko’rinishida pastga yergacha tushadi. Ustundagi havo soat millariga teskari yo’nalishda 100 m soniyadan ortiqroq tezlikda aylanadi, yerdagi barcha mavjud bo’lgan, shamol ko’tara olishi mumkin bo’lgan narsalar so’rib olinadi va spiral bo’yicha yuqoriga ko’tariladi.
Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. 1.Texnogen tusdagi faqulodda vaziyatlarga quyidagilar kiradi;
2.Transportdagi avariya va halokatlar( xavo, temir yul, transport)
3.Yong’in chiqishi, portlash xavfi bor ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar
4.Energetika va kommunal tizimlardagi avariya va halokatlar.
5.Kimyoviy va radiatsion xavfli ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar.
6.Gidrotexnik ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar.
Ekologik tusdagi favkulodda vaziyatlar. Bu turdagi favqulodda vaziyatlarga quyidagilar kiradi.
Quruqlikning (tuproq yer osti) holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar-foydali qazilmalarni qazish chog’ida yer ostiga ishlov berishi va insonning boshqa faoliyati natijasida paydo bo’luvchi yer yuzasining o’pirilishi, siljishi;
Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va hossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar odamlar sog’lig’iga zarar yetkazuvchi chang, qurum va boshqa zararli moddalar bilan atmosferaning bulganishi;
Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar, suv manbalari va suv olish joylarining zaharli moddalar bilan ifloslanishi.
Har bir shaharda o’ziga hos hayot tarzi shakllangan. Bu relьef, iqlim suv va tirik muhit- o’simlik hayvonot dunyosidir. SHahar muhitining albatta bo’lishi kerak bo’lgan tarkibiy qismi aholidir. Bularning barchasi o’zaro aloqada bo’ladi, rivojlanadi, mukammallashadi. Rivojlanishdagi nomuvozanatlik muhitning turli xil buzilishlariga olib keladi va turli xil ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Zamonaviy shaharlarda kommunikatsiya tarmoqlari bir necha yuz metr chuqurlikkacha joylashgan. Yer ostida metro tarmoqlari, turli quvurlar, kabellar tizimi va boshqalar cho’zilib ketgan.
Deyarli barcha zavod, fabrikalarning ko’pchiligi shaharlarda joylashganligi sababli havodagi va suvdagi turli zararli moddalarning miqdori odamlarning sog’lig’igavahayotiga katta havf tug’diradi.Havo, suv, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanganligi aholi sog’lig’ini yomonlashuviga olib kelmoqda.
Favqulodda vaziyatlar kelib chiqishiga ko’ra lokal, maxalliy, respublika, tranchegaraviy turlariga bo’linadi:
1.Lokal favqulodda vaziyatlarga natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi yuz beradi.
2.Mahalliy favqulodda vaziyatlarga natijasida 10 dan ortiq bulmagan odam jabrlangan va 500 dan ko’p bo’lmaganodam xayot faoliyati sharoitilari buzilishi yuz beradi.
3.Respublika favqulodda vaziyatlarga natijasida 500 dan ortiq odam jabrlangan va 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoiti buzilishi yuz beradi.
4.Transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoki favqulodda vaziyatlar chet elda yuz berib, bizning respublika hududimizga kirib kelish xavfi bo’lgan holatlar kiradi.
Lokal favqulodda vaziyatlarga misol qilib, bitta turar-joy sektorida yuz bergan favqulodda vaziyatlar olish mumkin, bunda favqulodda vaziyatlar boshqa yerga tarqalmay, o’sha yerning o’ziga bartaraf etiladi.
Maxalliy favqulodda vaziyatlarga misol uchun bitta hudud miqyosida sodir etilgan favqulodda vaziyatlarni olish mumkin.
Respublika favqulodda vaziyatlarda, favqulodda vaziyatlar 2-3 viloyatni o’z ichiga qamrab oladi.
Transchegaraviy favqulodda vaziyatlarda, qo’shni respublikada sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar bizning respublika hududlariga kirib keladi.Masalan sel, ko’chkilar, bular transchegaraviy turidagi favqulodda vaziyatlar hisoblanadi.
Harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlar. Yadro quroli eng kuchli zarba beruvchi quroldir. U 5 xil zararlovchi omillar bilan taьsir ko’rsatadi;
-zarb to’lqini; -yorug’lik nurlanishi; -o’tuvchi (singuvchi) radiatsiya; -joylarning radiaktiv zararlanishi; -elektromagnit impulьsi.
Zarb to’lqini binolarni, yer ustidagi va ostidagi qurilmalarini, suv inshootlarini, texnikalarini vayron qilish bilan birga odamlar va xayvonlarga katta zarba beradi. Zarb to’lqini atrofga tovush tezligidan katta tezlik bilan tarqaluvchi siqilgan havo qatlamidir. Hushdan ketish eshitish organlarining shikastlanishi, aьzolarining joyidan chiqib ketishi, burin va quloqdan qon ketishi kuzatiladi. Og’ir holatlarda og’ir jarohatlarga olib boradi.
Yorug’lik nurlanishi-ko’rinuvchi ulьtrabinafsha va infraqizil nurlarni o’z ichiga oluvchi nur energiyasi oqimi. Uning manbai portlashning qizib ketgan mahsulotlari va havo tomonidan hosil qilinadigan nurlanuvchi maydon. Yorug’lik nurlanishi deyarli ko’z ochib-yumguncha tarqaladi va portlash kuchiga qarab 20 soniyagacha davom etadi. Muddat shunchalik qisqa bo’lishiga qaramasdan teri qo’yadi, ko’rish organlari shikastlanadi, yonuvchi material va ob’ektlar yonib ketadi.
O’tuvchi radiatsiya (singuvchi) gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat, bu oqim bir necha soniyada tevarak-atrofga tarqaladi. Nurlanish taьsirida organizmda biologik jarayon ro’y berib, nurlanish kasalligining rivojlanishiga olib keladi.
Joylarning radiaktiv zaharlanishi-yadro portlashi bulutidan radiaktiv moddalarning tushishi tufayli ro’y beradi. Radiatsiyaning yuqori darajasi faqat portlashi yuz bergan joydagina emas, balki o’nlab va yuzlab kilometr masofada kuzatilishi mumkin. Sekin-asta joyning radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Elektromagnit impulьsi (EMI)-portlash vaqtida paydo bo’ladi. Odamlar hayvonlar o’simliklarga taьsir ko’rsatmaydi. U aloqa va elektr tarmoqlarini, radioaloqani, o’tkazuvchi apparaturani ishdan chiqaradi.