Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish Reja


Xavflar identifikatsiyasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə3/4
tarix13.12.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#74440
1   2   3   4
hayot faoliyati xavfsizligi

Xavflar identifikatsiyasi


Identifikatsiya – o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta dori-darmonni to‘liq identifikatsiya qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bo‘lmaydi. Jumladan, ampitsilin dorisi – uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi kerak.
Xavflar identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va zarar keltirish darajalari bo‘ladi.

Xavflarni identifikatsiya qilishda, albatta, xavflarning nomenklaturasi aniq o‘rganilgan bo‘lishi lozim. Chunki xavfning aniq turini, nomini bilmasdan turib, u keltiradigan talafotlarini, oqibatlarni o‘rganib bo‘lmaydi. Demak, xavflarni o‘rganishdan xulosa qilsak, xavf-sabab-oqibat tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Uchala tushuncha ham ko‘ngilsiz hodisaning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisaning oqibatilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.


Xavfsizlik

Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.


Ma’lumki, xavfsizlik – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o‘zagini tashkil etadi, u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatda insonlar ma’lum ehtimollikda yuzaga kelayotgan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo hamma holatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmaydi.
Masalan, yong‘in xavfida: yong‘inning boshlang‘ich fazasida o‘chirish mumkin bo‘lsa, asosiy yong‘in fazasida o‘chirish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.

Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar kiritiladi: gomosfera va texnosfera.

Gomosfera – inisonning faoliyat jarayonida uning turgan o‘rni tushuniladi. Masalan: ishlovchining obyektdagi, sexdagi, bo‘limdagi joyi.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin