Yer va tog‘ к о ‘chkilari. Bu tog'li tum anlarda yuz berishi mumkin bo'lgan holat hisoblanadi. Bunda tog'ning m a’lum bir qismi yoki tog'da haddan tashqari ko'p qor yog'ishi natijasida to'plangan qorning katta massasi o'z turg'unligini yo'qotib katta kuch va katta hajmga ega bo'lgan massa sifatida pastlikka qarab o'z yo'lidagi ko'plab qoya va boshqa jismlarni o'ziga ilashtirgan holda pastga qarab katta kuch va tezlikda harakatlana boshlaydi. Bunday hollarda u yerda yashovchi aholi uchun juda xavfli vaziyat vujudga keladi va o'z vaqtida xabardor bo'linmasa, katta falokat ro'y berishi va bu yerda yashovchilarning ko'pchiligi ko'chkilar ostida qolib ketishi m um kin. Yer va qor ko'chkilari asosan tik qoyalar va ostki tom oni o'pirilib ketishi natijasida osilib qolgan qoyalarning yer silkinishi yoki haddan tashqari ko'p miqdordagi qorning yig'ilishi natijasida o 'z turg'unligini saqlab qololmasligi hisobiga qulaydi va o'z yo'lidagi yig'ilgan qorlar, ko'pgina tog' jinslarini o'ziga jamlagan holda juda katta massa hosil qilib, pastga qarab siljiydi. Bu siljish katta tezlik bilan borganligi sababli, juda katta yemiruvchi va buzuvchi kuchga ega bo'ladi.
Bundan tashqari, bunday ko'chishlar tog'lam ing ba’zi bir daralarida tog' ostidagi yumshoqroq qatlamni suv yuvib ketishi natijasida og'ir tog' jinslarining og'irligini ko'taraolmaganligi sababli bo'lishi ham mumkin. Yer qimirlashlari natijasida tog' qatlamlarining bir necha o'nlab metr masofaga siljiganligi m a’lum. Yana suv va shom olning birgalikdagi ta ’sirini ham unutmaslik kerak.
Tog'ning geologik tuzilishini hisobga olmasdan, olib borilgan xalq xo'jaligi ishlari ham yer ko'chishiga sababchi bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlardan biri sellardir. Sellar butun respublika hududiga tarqaladigan hodisa bo'lm asa-da, tog'li va tog'oldi tumanlarida odamlarni ancha ko'p bezovta qiladigan hodisa hisoblanadi.
Sellar o'zi bilan birga ko'plab tosh shag'al va boshqa qattiq jinslarni o'ziga jam lagan holda daryolar va soylami toshishiga olib keladi. Sellar respublikamiz hududida aprel va may oylarida kuzatiladi.
Misol tariqasida Toshkent vioyatida 1987-yilda bo'lgan sellar natijasida viloyatga 45 million so'm zarar yetkazgan va besh kishi halok bo'lganligi m a’lum. 1997-yilda Farg'ona viloyati
Shohimardon qishlog'i sel natijasida juda katta talafot ko‘rganligi va shu kunlarda ham bu sel oqibatlarini tugatish ishlari olib borilayotgani m a’lum.
Dunyoning turli burchaklarida kuchli bo‘ronlar va to'fonlar bo'lib turadi va buning natijasida bir necha yuzlab odamiarning hayotdan ko'z yumishi va bir necha minglab kishilar boshpanasiz qolganligi Venetsuella davlatida bo'lgan to'fonlar va sellar natijasi ekanligini eslasak kifoya.
Bulardan tashqari, har xil falokatlar va avariyalar bo'ladiki, bulardan ham e’tibomi qochirmaslik kerak.
Falokatlar to'satdan bo'ladigan hodisa bo'lganligi sababli, ko'plab odamlarni halokatga olib kelishi, vayronagarchiliklarga sababchi bo'lishi va ko'plab moddiy zarar yetkazishi mumkin.
Avariyalar ham to'satdan bo'ladigan hodisa bo'lganligidan bi-nolaming buzilishi mashina m exanizmlaming ag'darilishi sinishi kabi inson faoliyatiga putur yetkazuvchi omil sifatida qaraladi.
Avariyalarga misol tariqasida 1986-yil 26-aprelda Chernobil atom elektrostansiyasida bo'lgan avariyani keltirish mumkin. Bu avariya oqibatlarini tasaw ur qilish uchun 1000 km kvadrat m aydon zararlangan, 234 ming kishi nur kasalligiga chalingan, shundan 28 kishi o'lgan, 130 ming odam o'z joylarini tashlab ketishga m ajbur bo'lgan, ya’ni evakuatsiya qilingan. Bu avariya natijasida o'sh a vaqtdagi narxda 8 mid so'm zarar keltirgan.
Yuqorida sanab o‘tilgan ekologiya muvozanatini buzilishi, tabiiy falokatlar ta ’siri va bunga yana qo'shim cha ravishda sanoat korxonalarida bo'ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olsak, inson hayot faoliyati deyarli xavf-xatarlardan iborat ekanligi m a’lum bo'ladi.
Keltirilgan dalillarni hisobga olsak, inson hayoti har qadam da va har soniyada xavf-xatar ta’siri ostida turibdi. Bu kelib chiqayotgan muammolarni omma ongiga singdirish asosiy masalalar sifatida maydonga chiqmoqda. Bu vazifalarni bajarish, albatta, ilm -fan doirasi odamlarining va biz tayyorlayotgan mutaxassislarning asosiy burchlari bo'lib qolishi kerak. Shuning uchun ham universitet va institutlarda tayyorlanayotgan talabalar uchun bu fanni «hayot faoliyati xavfsizligi» sifatida o'qitish maqsadga muvofiq deb topildi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fani hayotga kirib kelganiga uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Hozirgi vaqtda bu fan o'z taraqqiyotining boshlang'ich bosqichida turibdi. U ni rivojlantirish va takomillashtirish zamon talabi. Albatta, u o'z rivojlanish davrida
mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va favqulodda hodisalardan muhofazalanish, shuningdek, amaliy tibbiyot, biologiya sohalarida erishilgan ilmiy yutuqlardan to ‘la foydalanadi, qonun va qoidalarga asoslanadi.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining um um iy maqsadi—xavfsiz kelajakni ta’minlashning birdan-bir yo‘li bu iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni m uhofaza qilish bilan chambarchas bog‘langan holda olib borishdir. Buning asosida rivojlanishning ham m a jarayonlarini tekis o ‘sib borishini ta ’minlash, umumbashariy tabiiy zaxiralami tejash, texnologiyalami xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta ’minlaydigan yetuk kadrlami tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e’tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat berish zarurati ko'rinadi.
bob. OB-HAVO SHAROITI VA INSON FAOLIYATI
Dostları ilə paylaş: |