Hayot faoliyati


Sanitariya va davolash-oldini olish tadbirlariga doir qonuniyat



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə14/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Hayot faoliyati

Sanitariya va davolash-oldini olish tadbirlariga doir qonuniyat. Zaharli moddalar bilan ishlaydigan shahslar xususida mehnat qilish qonuniyatida ish kunini chegaralash, mehnat ta’tilini

54


davomliligini ko‘paytirish, nafaqaga birm uncha erta muddatlarda chiqarishni ko‘zda tutadi. Zaharlar ta ’siri yuqori bo'lgan qator korxonalarda ayollar va o'smirlaming ishlashiga ruxsat etilmaydi.
Ish zonasidagi zararli moddalar YQOD i belgilangan. Ular zavodlar, fabrikalar va boshqa muassasalar uchun majburiydir.

O'zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bo'lgan 89 obyekt bor bo'lib, 6 ta kimyoviy xavfli shaharlar Samarqand, Chirchiq, Farg'ona, Navoiy, Angren, Olmaliq mavjud.


Bu shaharlarda quyidagicha m iqdorda zaharli moddalar saqlanadi:


C hirchiqda-1050 tonna ammiak saqlanadi;


01m aliqda-2500 tonna amiak va yana shuncha sulfat kislota


bor.

A n g re n -14 tonna xlor.

F arg'ona-700 tonna amiak.


S am arq an d -1000 tonna amiak


N a v o iy -137 tonna xlor, 2000 tonna nitril akril kislotasi, 96 tonna fosgen va bulardan tashqari amiak va sinil kislotalar bor.


Bu kuchli ta’sir qiluvchi zaharli m oddalarning saqlanishi ularni saqlashda ko'zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlarini ko'rib qo'yilganligi uchun uncha katta xavf manbasi bo'lm asada, lekin biron bir avariya sodir bo'lsa yoki tabiiy ofatlar: masalan, yer qimirlashi yoki toshqinlar bo'lishi natijasida bu zaharli moddalar saqlanayotgan idishlar va boshqa saqlash anjomlariga zarar yetkazilishi natijasida bu idishlar o'z zich yopilganligini yo'qotib qo'ysa, unda zaharli moddalar oqib ketishi ro'y beradi va bu zaharli moddalar suv havzalariga borib quyiladi va ularning hududimizdagi daryolar suviga qo'shilib ketishi juda katta m aydonlam i zaharli moddalar bilan zaharlashga sababchi bo'ladi.


Shuni ham eslatib o'tish joizki, bu zaharli moddalar saqlanayotgan shaharlarning aksariyati daryolam ing boshlanish qismida joylashgan va bunda Chirchiq daryosining uzunligi 174 km ni va Sirdaryo uzunligi 2790 km ni tashkil qilishi hisobga olinsa, bu moddalarning ta’sir doirasini tasaw ur qilish m um kin.


Bu zaharli moddalarning asosiy xususiyatlari va ta’sir darajasi bilan tanishamiz.


A m m iak -o'tkir hidli rangsiz gaz hisoblanadi. 33—35°C haroratda rangsiz suyuqlikka aylanadi. Suvda yaxshi eriydi. Suyultirilgan holatda suvda kamroq eriydi. A m m iakning havo bilan aralashmasi portlash xususiyatiga ega. Saqlanayotgan hajmlar



55


qizdirilganda ham portlaydi. Odam uchun xavfli hisoblanadi. Havo tarkibida yo‘l q o ‘yiladigan zichlik miqdori 0, 02 mg/1. 30 min davomida odam organizmiga 7 mg/1 miqdori yig'ilsa, bu halokatli miqdor hisoblanadi.


Zaharlanish belgilari—yuqori nafas yo'llariga qitiqlovchi ta ’sir ko'rsatadi, ko'krakda kuchli keskin og‘riq paydo bo‘ladi, yo‘tal tutadi, nafas olish qiyinlashadi, ko‘z va terining kuyib qolish hollari ham uchraydi, shuningdek, isitmalash va o'pkaning shishib ketishi kuzatiladi.


Xavfsizlik chora-tadbirlari—shamol esayotgan tomonda turish pastqam joylarda turmaslik va zararlangan zonaga xavfsizlik vositalari bilan ta ’minlangan holatda kirish. Shaxsiy muhofaza vositalari sifatida filtrlovchi protivogaz, muhofazalovchi xalat va kostyumlardan, rezina etik va qo'lqoplardan foydalaniladi.


Yordam ko‘rsatish usuli sifatida zaharlangan kishini toza havoga olib chiqish, suniy nafas oldirish og‘iz va burunni hamda terilarni 2% li sodali suv bilan yuvib tashlash tavsiya etiladi.


Xlor-ko'kish-sarg'ish rang va keskin bo‘g‘uvchi hidga ega bo'lgan ham da havodan 2,5 marta og'ir bo'lgan gaz hisoblanadi. 6—7 atmosfera bosim da suyuladi. 1 kg suyuq xlor bug'lanib 316 1 gazga aylanadi. Suvda yaxshi eriydi. Zaharlash ta’siri ammiaknikiga o'xshash. Havoda xlorning yo'l qo'yiladigan zichlik miqdori 0, 001 mg/1. Odam oiganizmida 0,1—0,2 mg/1 yig'ilishi o'limga olib keladi.

M uhofazalanish usullari ammiak bilan bir xil tartibda.


N itratakril kislotasi rangsiz, yoqimsiz hidli gaz. Suvda eriydi. Parlari havodan og'ir bo'lganligi uchun pastqam joylarda to'planadi. Yengil alangalanuvchi gaz hisoblanadi. Odam uchun xavfli. Parlari odam nafas olish organlari shilimshiq qatlamini va terini shikastlaydi. Uning parlari nafas bilan inson organizmiga kirsa fojiali holatlar bo'lishi mumkin. Tekkan joyini kuydiradi. Yonganda yanada zaharli gazlar ajraladi.


Zaharlanish belgilari: bosh og'riydi, bosh aylanadi, odam kuchsizlanadi, ko'ngil aynaydi va qusuq keladi, nafas yetishmaydi, tutqanoq tutishi va hushdan ketish kabi hollar o'lim bilan tugashi mumkin.


M uhofaza vositalari: tashqaridan havo oluvchi protivogaz, RPG -67A repiratori, muhofaza kostyumlari, rezina etik, qo'lqoplar va filtrlovchi protivogazning A, M va BKF markalari.


Yonib ketganda o'chirish uchun quruq qumdan foydalanish tavsiya etiladi.


Fosgen—rangsiz uchuvchi aerozollar bo'lib, chirigan olma va



56


chirigan pichan hidiga ega. Organizmga par holatida ta’sir ko'rsatadi. Havo tarkibidagi zichlik miqdori 0, 5 mg/1 bo'lgan gazdan 10 min davomida nafas olish o ‘limga olib keladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin