11.10. Zaharli moddalarga qarshi kurashning umumiy choralari
Zaharli moddalarga qarshi kurashning umumiy usullarini quyidagicha turkum lash mumkin.
Zaharli moddalar ajralishini texnologik jarayonlarda bartaraf etish. Bunda zaharli moddalarni zaharliligi kamroq m oddalar bilan alishtirish yoki umuman havoga zaharli moddalar ajralishi uchun sharoitni qirqadigan yangi texnologiyalami joriy qilish mumkin: masalan, metallarni qo'rg'oshin vannalari o'rniga yuqori chastotali toklar bilan toblash va boshqalar.
Texnologiya va uskunalarni takomillashtirish. Bunga butunlay yangi masalalarni hal qilish yo'li bilan ham, uzluksiz jarayonlar va avtomatlashtirish yo'li bilan erishish mumkin. Masalan, mashinasozlik sanoatida havoni erituvchilaming bug'lari va bo'yoq aerozollari bilan ifloslanadigan bo'yash sexlarida stanoklar, mashinalar va boshqa ashyolami purkash yo'li bilan bo'yash o'rniga, elektrostatik maydonlarda bo'yash joriy qilinmoqda, bu m ehnatni yengillashtiribgina qolmasdan, balki ish zonasini sog'lomlashtirishga olib keladi va zaharli moddalarni
atmosferaga chiqishini kamaytiradi. Vakuum sharoitlarida payvandlash ishlarini bajarish sex havosiga zaharli gazlar va aerozollar ajralib chiqishini oldini oladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, qo'lda bajariladigan ishlarni yo'qotib, m ehnatni osonlashtiradi, aksari havo muhitini yaxshilaydi, ishchilarni zaharli moddalar bilan muloqotda bo‘lishini chegaralaydi. Bunga kimyo zavodlarida idishlarni zaharli moddalar bilan to'ldirish, filtratsiyalash va quiitish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, metallurgiyada eritish pechlarini to'ldirish, mashinasozlik sanoatida zanglashga qarshi qatlamlami hosil qilishning galvanik jarayonlari va boshqalar misol bo'ladi.
Uskunalar va ta’minot vositalari (gaz o'tkazish quvurlari, transporterlar va boshqalar) teshik-tirqishlaridan ko'pincha gazlar chiqishi mumkin, shtinga ko'ra sexlardagi havo muhitini sog'lomlashtirishda eski uskunalarni birm uncha zich yopilgan yangi uskunalar bilan almashtirish, mexanik jihatdan eskirishi va zanglashi natijasida teshik-tirqishlar, youqlarni o'z vaqtida yo'qotish maqsadida ulaming holatini nazorat qilib turish katta rol o'ynaydi.
Zamonaviy texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalangan holda ko'pgina texnologik jarayonlarning borishi ustidan nazorat qilish uchun sinamalarni oddiy usullarda emas, avtom atik usullar bilan olib borish imkonini beradi, bu esa zaharli moddalaming havo muhitiga tarqalayotganligini bildirishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Sanitar-gigienik tadbirlar. Bunga: xom ashyoni gigienik standartlash, havo holati ustidan nazorat qilib turish, zaharlarning ta’sir qilish xavfi oshgan sharoitlarda gigienik talablarga amal qilish (favqulodda holatlar, remont ishlari), binolarni rejalashtirish va pardozlash yordamida zaharlanishlarni oldini olish, shaxsiy himoya vositalarini qo'llash, samarali shamollatish tizimlarini o'rnatish, ishchilarga sanitariya jihatdan yo'riqnom alar berish kiradi.
GOST 12.1.007-76 xom ashyo, m ahsulotlar, materiallar standartlari va texnik shartlariga zararli moddalarning zaharlilik ta’riflarini kiritishni talab qiladi: bular texnologik reglamentlarda ham bo'lishi kerak. Xom ashyo va tayyor materiallarni gigienik standartlash zaharlar ajralib chiqishiga va ularni ishchilaiga ta ’sir qilishiga sabab bo'la oladigan xom ashyo va aralashmalar tarkibining sog'liq uchun zararli bo'lgan m oddalam ing chiqarib tashlanishi yoki yo'l qo'yilishi m um kin bo'lgan miqdorini
chegaralashdan iborat. Masalan, bosmaxona qotishmalaridan qo'rg'oshin, kislotalar va metallar sostavidan mishyakni (ularning o'zaro ta’siridan juda zaharli gaz arsin hosil bo'ladi) butunlay chiqarib tashlash misol bo‘la oladi.
Ishlab chiqarish zaharlanishlariga qarshi kurashning yo'llaridan biri ish zonasidagi havo muhiti holati ustidan nazorat o'rnatish hisoblanadi. Standart bo'yicha xavflilikning 1-sinfi moddalari uchun nazorat zaharli moddalarning zichlik miqdorinigina faqat qayd qilib qo'ya qolm asdan, balki yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegara m iqdor (YQM BChM - PDK) oshgan taqdirda zarur choralar ko'rish uchun tovush va yorug'lik signallarini ishga soladigan avtom atik yoqish asboblari bilan ta ’minlangan holda uzluksiz bo'lishi kerak.
Xavflilikning 2—4 sinflaridagi moddalar muntazam ravishda reja asosida (m ehnat sharoitlariga gigienik baho berish, zaharli moddalar ajralishini aniqlash va ajralish sabablarini bartaraf qilish) va ayrim shoshilinch sharoitlarda kasbga doir zaharlanishlaming sabablarini ishchilardan so'rab-surishtirib nazorat qilinadi. GOST bo'yicha nazorat usullari va asboblarining sezuvchanligi YQMBChM (PD K ) darajasidan 0,5 dan past bo'lmasligi, xatosi esa aniqlanayotgan m iqdordan 25% dan oshmasligi kerak.
Zaharlanish xavfl, odatda reja asosida ta’mirlash ishlarini o'tkazishda va favqulodda holatlarda ortadi. Bunday hollarda ish joylaridan zaharli moddalarni havo bilan haydash, yuvish, gazsizlantirish yo'li bilan tozalanishi lozim. Ishchining xavfli zonada, uskunalar va katta hajmdagi idishlar ichida bo'ladigan vaqtini chegaralash, maxsus kiyimlar kiyish, protivogaz va boshqa shahsiy m uhofaza vositalaridan foydalanish, ishlarni to'g'ri tashkil qilish, shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish ham muhim hisoblanadi.
Zaharlanishga qarshi kurash sanitariya texnikasining eng muhim va tarqalgan turi samarali shamollatish usuli katta ahamiyatga ega. U nga qo'yiladigan asosiy gigienik talab, zaharli moddalarni ular hosil bo'ladigan zonadan sex havo muhitiga tarqatmasdan joylardan so'rish usuli bilan tashqariga chiqarib yuborish, zaharlar havo muhitiga tarqalgan taqdirda esa, sof havo berish va zaharlar miqdorini YQMBChM gacha pasaytirish yo'li bilan ularni kuchsizlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |