L = m g ~ = m g ^ -
Po Io
Ekranning mustahkamligiga asoslanib, ular yaxshi elektr o'tkazuvchan, qalinligi 0,5 mm dan kam boMmagan yaxlit materiallardan tayyorlanadi. Kuzatish uchun va texnologiya nuqtayi nazaridan qoldirilgan ochiq joylar yacheykasi 4x4 mm dan kam boMmagan metall to‘r bilan to'silishi kerak. Ekran albatta yerga ulanishi zarur. To‘r va ekran elementlari o‘zaro yaxshi payvandlangan boMishi kerak. Chunki elektr oMkazuvchanlikning pasaylshi ekran effektining keskin kamayishiga olib keladi.
Ekran bilan elektromagnit maydonining kuchsizlanish darajasi shartli ravishda elektromagnit toMqinlarining ekran materialiga kirib borishi chuqurligi ekran qalinligidan kamroq boMishi bilan belgilanadi.
Magnit maydonining ekranga kirib borish chuqurligi d boMganda, undagi kuchsizlanish e=2,7l8 marta boMsa, quyidagi formula bilan aniqlanadi:
6= 1/J J ia n f ,
bunda, ц — ekran materialining mutlaq magnit qarshiligi g/m; 8 — ekran materialining solishtirma o‘tkazuvchanligi, Sm/m; f — chastota, Gs.
Bunda ekranning muhofazalanish samaradorligi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishi kerak:
Э > j d/5,
bunda, d — ekran materialining qalinligi, mm; ц , a , f — qancha katta boMsa, maydonning ekran qalinligiga kirib borish chuqurligi shuncha kam boMadi; bu esa ekranni yupqalashtirish imkonini beradi.
139
Odatda yuqori va o‘rta yuqori chastotadagi elektromagnit maydoniarining kirib borish chuqurligi juda kichkina (mm dan ancha kichkina), shuning uchun bunday ekranlarni tanlash konstruksiya nuqtayi nazaridan qaraladi.
VII.4. O'lchov asboblari
Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini baholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o‘lchash bilan belgilanadi.
Chunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnit maydoniarining umumiy ta’siri ostida vujudga keladi (29 - rasm).
Elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchaydigan asosiy asbob IEMP - 1 va uning bir necha modifikatsiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs - 100 kGs va 100 kGs
30 MGs, shuningdek, magnit maydonining 100 kGs - 1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o‘lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo‘yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo'yicha 0,5-300 A/m bo'lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.
Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini o'lchash uchun dipol antenna va magnit maydoni kuchlanishini o'lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi.
O'lchash davrida asbobning antennasi o'lchanishi zarur bo'lgan maydonga o'rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorni ko'rsatguncha harakatlantiriladi.
UVCh-SVCh diapazonidagi kuchlanish oqimi zichligi ko'pincha PO-1 (29-rasm, a, b) asbobi bilan o'lchanadi.
\
Dostları ilə paylaş: |