260
XIV.3. Zilzilalar, vulqonlar otilishi va yerga meteoritlarning tushishi
Zilzilalar yer ostidagi qizigan va cho‘g‘lanib erigan moddalarning hajmiy o'zgarishlari natijasida, yer markazida harakatlanishi natijasida ba’zi bir tabiiy kechadigan holatlarga ko‘ra yer markazida ba’zi bir gazsimon m oddalarning to ‘planishi va bular nihoyatda katta bosim ostida boiganligi sababli lavalar yo‘liga to‘siq bo'lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu bosim ostidagi gazlar bizga m a’lum bo'lmagan tabiiy hodisalar natijasida o‘z o'rnini o'zgartirishi mumkin. Uning o'rnini lavalar egallashi natijasida yer qarida katta miqdordagi energiya jam lanishi va bu energiya o ‘zi uchun m a’lum bo'shliq izlab, uni topishi natijasida shu bo'shliqqa keskin otilib o‘tib ketishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar tektonik zilzilalar deb ataladi.
Bundan tashqari yuqorida sanab o'tilgan jarayonlar natijasida yer qa’ridagi erigan lava o'ziga yondosh bo'lgan gazlar bilan birga yer yuzasiga chiqish uchun yo'l izlasa va yer yuzasidagi m a’lum sabablarga ko'ra bo'sh qolgan bo'shliqlam i to'ldirsa, unda m ana shu to'ldirish jarayonida paydo bo'lgan energiya yer silkinishiga olib keladi va vulqonlar otilishi natijasida kelib chiqadigan zilzilalar deb yuritiladi.
Yana yer shari kosmik fazoda harakatlanganligi sababli, u h ar daqiqada millionlab katta-kichik jism lam i uchratadi va bu uchragan narsalar yer yuzasi atmosferasi qatlamlariga kirib, harakat tezligi katta bo'lganligi sababli atmosferada qizib yonib ketadi. Bunday yonish har daqiqada millionlab bo'lganligi sababli biz uni yulduz uchishi sifatida yerdan kuzatishimiz mumkin. Bunday jismlarning yirik turlari ham bo'ladi va u atmosfera qatlamiga kirib yonib ketgani bilan hajmi katta bo'lganligi sababli, yer yuziga kelib tushgunga qadar yonib ulgura olmaydi va yerga katta kuch bilan kelib tushganligi sababli yerga bir necha o 'n m etr chuqurlikka kirib ketadi va o'zida katta energiyani jamlaganligi sababli kuchli portlash ro'y beradi. Bunday katta jismning yerga urilishi yer yuzasida m a’lum miqdorda siljishlar hosil qiladi va bu zilzilalar kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |