Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə128/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   161
Hayot faoliyati

267


I

Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, zilzila xavfi bo'lgan rayonlarda zilzila bo'lish vaqtini oldindan bilish va uning bo'lishini aholiga o'z vaqtida yetkazish va zilzila vaqtida u yerdan chiqib ketish im koniyati bo'lmagan taqdirda sarosimaga tushmasdan sovuqqonlik bilan harakat qilish, ya’ni eshiklar oralig'iga yoki mustahkam va baquw at mebellar bo'lsa, ularning tagida zilzila oqibatlarini va tugallanishini kutib turish zilziladan om on saqlanishning asosiy yo'li hisoblanadi.


Hozirgi vaqtda dunyodagi ham m a seysmik xavfli rayonlar, hattoki, qaysi joyda necha ballgacha zilzila bo'lishi mumkinligini belgilagan holda aniqlash imkoniyati bor. Hamma zilzila xavfi bo'lgan hududlarga ega bo'lgan davlatlarning hammasida seysmik stansiyalar va seysmologiya ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalari ishlab turibdi. Bu stansiya va laboratoriyalar bir-birlari bilan m ustahkam aloqa bog'lagan va bir-birlari bilan axborot almashish imkoniyatlari yo'lga qo'yilgan. Bu m a’iumotlarni internet tizim i orqali olish va uzatish imkoniyatlari mavjud.


Bu stansiyalar va institutlaming asosiy vazifalari — zilzilani aniq bo'lishi m um kin bo'lgan vaqtini iloji boricha aniqlikda oldindan ilmiy asoslarda asoslab bashorat qilish va uni o'sha zilzila bo'ladigan hudud aholisini zilzila xavfidan ogoh qilish bilan ularning hayotini saqlab qolishdir. Bu borada birmuncha ishlar amalga oshirilgan bo'lsada, masalan, zilzila bo'lishi mumkin bo'lgan joyni aniq aytib berish va uni bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtini taxm iniy aytish imkoniyatlari bo'lsada, uni vaqtini aniq aytish im koniyati yo'q.


Zilzilalar bo'lish vaqtini an’anaviy metodlar bilan, masalan, suv osti suvlarining tarkibini aniqlash va suvlar tarkibidagi radon miqdorini belgilash va boshqa tajribalar yo'li bilan, ya’ni ilgarigi zilzilalarning davriyligi va boshqa xususiy belgilar: zilzila bo'ladigan hududlarda hayvonlarning besaramjonligi, yowoyi hayvonlarning u yerdan uzoqroqqa qochishga intilishi va boshqa belgilardan yer silkinishini bashorat qilish mumkin.

Zilzila bo'lgan hududda birinchi navbatda vayronaga aylangan, yarim vayron bo'lgan, bosib qolgan va yonayotgan binolar ostidan zararlanganlarni qutqarib olish, ularga birinchi yordam ko'rsatish, yonayotgan binolarda o 't o'chirish ishlarini amalga oshirish, zararlanganlarni suv bilan ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim -kechaklar bilan ta’minlash, o'tish yo'llarini buzilgan binolar bo'laklaridan tozalash, ba’zi bir yarim buzilgan binolarning odam lar hayotiga xavf solayotgan qismlarini buzib tashlash,



268

avtotransport vositalari harakatlanishi kerak boMgan zonalarda tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, elektr va gaz tarmoqlarida yuz bergan zararlami aniqlash va vaqtincha boMsa ham, ularni o'chirib yongMn va portlash xavfini oldini olish, yaroqsiz holga kelgan va ta’mirlash imkoniyati boMmagan binolarni butunlay buzib tashlash, sog‘ qolgan binolarda ularning mustahkamligini tekshirgandan keyin ularning hayot faoliyatini ta’minlaydigan xo'jaliklari elektr va gaz ta ’minoti tizimini zararlanmaganligiga ishonch hosil qilgandan keyin ularga zararlanganlarni vaqtincha joyiash, yaqin o'rtada joy tanlab unga hamma boshpanasiz qolganlarni palatkali lager tashkil qilib joylashtirish va boshqa ishlar amalga oshiriladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin