Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə132/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161
Hayot faoliyati

To‘fonIar. Tinch okeanida paydo bo'ladigan va kuchi eng kuchli dovul kuchidan qolishmaydigan hodisa bo'lib, kuchli jalalar bilan keladi. U dengizda nihoyatda katta to'lqinlar hosil qiladi va bu to'lqinlar sohillarga toshib ketadi va yaqin o'rtadagi qishloqlarni suv bosadi hamda bir necha rayonni qamrab olishi mumkin. T o'fonlar quruqlikka yetib kelgandan keyin tezda so'nadi. Uning boshlanishi havo bosimining keskin pasayishi bilan belgilanadi.

To'fonlarning yemirish va buzish kuchi nihoyatda katta bo'lganligini hisobga olib, b a’zi bir davlatlarda uni o'rganish va bashorat qilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari tuzilgan. B undan hosil bo'ladigan energiya o'nlab yadro zaryadlari portlashidan hosil bo'ladigan energiyaga teng bo'ladi. To'fonlar Yaponiya, Xitoy va AQSh hududlarida tez-tez bo'lib turadi (yiliga 120 martagacha).


Kuchli bo'ronlar Bofort shkalasi bo'yicha 9—11 ballni tashkil qiladi. Ular suvda kuchli to'lqinlar hosil qiladi, quruqlikda birm uncha uy-joylarni buzadi, daraxtlarni sindiradi va qurilish kranlarini ag'darib yuboradi va h. k.



274

Bo‘ronlar. Kuchli bo'ronlar va dovullarning quruqlikdagi turi boMib, uyurma harakat qiluvchi va chang -to‘zon ko‘taruvchi turlarga bo‘linadi. Ular qora, qizil, sariq-qizil, oq, chang, qum va qor bo'ronlariga boiinadi. Yer sharining turli burchaklarida ular turlicha nomlanadi (masalan, 0 ‘zbekiston janubiy rayonlarida afg‘on bo'roni deb yuritiladi). Bo‘ronlar tezligi 20—30 m/sek ga boradi. Bu bo'ronlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning havosining nisbiy namligi juda past boiganligi sababli, yerni quritib uni erroziyaga uchrashga olib keladi va bunday bo‘ronlar boMib turadigan joylarga ekilgan ekinlarning urugMarini tuproq bilan birga uchirib ketadi yoki unib chiqqan ekinlarning ildizi ochilib qolganligi uchun hosil olish um idini yo‘qqa chiqaradi.

Uyurma bo‘ronlar. M omaqaldiroq hosil qiluvchi bulutlar paydo boiganda pastdan yuqoriga qarab yo‘nalgan bahaybat yengsimon yoki xartumsimon havo harakati paydo bo‘ladi, uning niarkazi siyraklashtirilgan havo bosimiga ega boMadi va u yer yuzasiga yaqinlashganda uning asosi 30 m va balandligi 800—1500 m boMgan bahaybat aylanuvchi voronkaga o‘xshash havo harakati vujudga keladi hamda 40—60 km masofaga harakatlanib boradi. Uning markazidagi bosimning siyraklashishi shunday kattaki, uning yoMida uchragan qurilmalar o ‘z ichki bosimlari natijasida portlab ketishi mumkin.


Uyurma bo‘ronlar hayron qolarli darajada katta havo harakati tezligiga ega boMadi, ba’zi hollarda uning tezligi tovush tezligidan ham oshib ketishi mumkin. Uning so‘rish kuchi shunday kattaki, yoMida uchragan binolarni o‘z o‘qi bo'ylab aylantirib yuborishi, daraxtlarni ildizi bilan sugMrib olishi, binolar tom ini olib ketishi mumkin. YoMida uchrab qolgan narsalarni, hattoki hayvonlar va odamlarni ham bir necha kilometr masofaga ko‘chirib borishi mumkin. YoMida uchragan suv havzalari va koMlarni suvini va undagi o‘simlik hamda hayvonot dunyosini butunlay soM'ib olib, juda katta masofalarga eltib tashlashi mumkin, ba’zi narsalar bir necha muddat o'tgandan keyin yomgMr bilan birga yogMshi mumkin.

Uyurma bo‘ronlarning vertikal ko'tariladigan turlari ham boMadi. Ular yuqorida aytib o'tilganidan farqi shuki birinchisi momaqaldiroqli bulutlardan hosil boMsa, bunisi butunlay bulutsiz ochiq havoda ham paydo boMadi va butunlay mustaqil pastdan tepaga qarab harakatlana boshlaydi. Ularning so‘rib ko‘tarib ketayotgan narsasining turiga qarab changli, qum li, olovli va qorli turlari boMadi.


Dovullar, bo‘ronlar va uyurma bo‘ronlar oqibatlarini tuga-




275

I
tishda quyidagi ishlar bajariladi: tabiiy ofat yuz bei^an rayonga olib boriladigan yo'llar va ko‘priklar tuzatiladi; undan keyin injenerlik qutqarish ishlari amalga oshiriladi bunda bosib qolgan va buzilib tushgan vayronalar orasidan jabrlanganlarni qutqazib oladi, yong‘inlarni o ‘chiradi, jabrlanganlarga suv, oziq-ovqat va kiyim-boshlar bilan ta’minlaydi. U ndan keyin buzilgan joylarni tartibga keltirish ortiqcha narsalardan tozalash, buzilgan joylar orasidagi yo'llar tiklanadi. Bo‘ronlar ta’siridan zararlangan binolar aniqlanadi. Bo‘ron keltirib chiqargan tepalar va boshqa qurilish konstruksiyalar bo‘laklaridan o ‘tadigan yo'llar tiklanadi. Turar joylar, korxonalar va suv bilan ta’minlash vositalari, skladlar va boshqa hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan obyektlar tekshirilib, yaroqliligi aniqlanadi. Elektr ta ’minoti va aloqa vositalari tiklanadi, kom m unal — xo'jalik obyektlarining ishlash imkoniyati tiklanadi. Ishdan chiqqan va yiqilishi mumkin bo'lgan binolar buzib tashlanadi. Undan keyin kundalik hayot faoliyatini tiklashga qaratilgan ishlar bajariladi.


Bo'ronlarning qanday xili bo'lishidan qat’i nazar, ulardan asosan aholini, uy hayvonlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish qutqaruvchilarning va boshqa favqulodda hodisalar sohasida ishlovchilarning asosiy va bosh vazifasi hisoblanadi. Aholini bu kabi tabiiy ofatlardan saqlashning asosiy imkoniyati ularni bu xavfdan xabardor qilish va imkon boricha ulami xavfsiz oldindan tayyorlangan joylarga yuborish, mustahkam qurilgan podval va yerto'lalarda saqlanish kerakligini oldindan tayinlash kerak bo'ladi. B o'ronlar bo'lishini oldindan aytib berish hozirgi zamon obi-havo xizmati xodimlarining qo'lidan keladi. Buning uchun yerning sun’iy yo'ldoshlari orqali olingan ma’lumotlar ham bularning aniq ishlash im koniyatini beradi.





Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin