Hayot faoliyati


Bunday shovqinning ta’sir ko'rsatishi odamning yoshiga, sog'li­ g'iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog'liq



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə41/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161
Hayot faoliyati

Bunday shovqinning ta’sir ko'rsatishi odamning yoshiga, sog'li­ g'iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog'liq.
Shovqinning zararli ta’siri, shuningdek, doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan, musiqa tovushlari, odam so'zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib keladi.


Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan temorlar, masalan, qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og'rigan bemorlaming mehnat

91




qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan boiadi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi, agar bu shovqinlar tunlarda bo'lsa, og'ir asoratli kasallaming kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 dB ga teng bo'lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin. Yosh va sog'lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.


Agar shovqin darajasi 85—90 dB ga yetsa, bunday shovqindan har qanday ishlayotgan odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlami eshitish qobiliyati susayadi. Kuchli shovqin odam sog'lig'iga va ishlash qobiliyatiga keskin ta’sir ko'rsatadi. Birinchidan, eshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlash toliqishga, befarqlikka, shuningdek, kar bo'lishga olib keladi. Bundan tashqari, shovqin ta’siridan ovqat hazm bo'lish jarayoni buziladi, ichki organlar hajmi o'zgaradi.
Shovqinning bosh miya qobig'iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin sekinlashadi. Shuning uchun ham kuchli shovqin jarohatlanishga olib kelishi mumkin.


Masalan, shovqin ta’sirida shu uchastkada harakatlanayotgan mexanizmlar signallarini eshitmasdan ularning ta’siriga tushib qolish mumkin va h.k.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin