Hayot faoliyati


Shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo'yicha tavsiflariga asosan sinflarga bo'linadi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə40/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Hayot faoliyati

Shovqinlar GOST 12.1.003-76 ga asosan spektral va vaqt bo'yicha tavsiflariga asosan sinflarga bo'linadi.
t o XX? Ж M SG X


19-rasm. Tovush chegarasini belgilovchi chiziqlar.

90


Spektr bo'yicha shovqinlar tonal tovushlar (elektr arraning tovushi) va keng polosali (reaktiv dvigatel tovushi) bo'lishi mumkin. Vaqt bo'yicha tavsifiga esa uning doimiyligi (8 soat davomida 5 dBA gacha o'zgarsa) va o'zgaruvchanligi (8 soat davomida 5 dBA dan ortiq o'zgarca) hisobga olinadi. O'zgaruvchan shovqinlar o'z navbatida vaqt birligida uzluksiz (impuls) bo'lishi mumkin
V.2. Shovqinning zararli ta’siri, normalari


Eshitiladigan shovqinlar ma’lum chastotalar (16 - 20000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma’lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi (19-rasm).


Rasmdagi yuqorida joylashgan egri chiziq tovush darajasining yuqori og'riq hosil qiluvchi chegarasini belgilaydi. Bu chegara taxminan L=120 - 130 dB atrofida ekanligi ko'rinib turibdi. Bundan ortiq darajadagi shovqinlar inson uchun og'riq hosil qiluvchi shovqinlar bo'lib, inson eshitish vositasini ishdan chiqarishi mumkin. Mana shu ikki egri chiziq oralig'idagi chastotalardagi shovqinlar «odam eshitishi mumkin bo'lgan to­ vushlar» deb ataladi.


Shovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta’sir ko'rsatadi. Uning ta’sir darajasining o'zgarishiga shovqinning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o'ynaydi. Shuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil ta’sir ko'rsatadi deb bo'lmaydi. Uncha katta bo'lmagan shovqinlar (50—60dB) ham inson asab sistemasiga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Ayniqsa, bunday shovqinlaming ta’siri aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchilarda ko'proq seziladi. Bundan tashqari bunday shoviqinlaming ta’siri har xil odamda har xil bo'ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin