To'siqning shovqin to'sish miqdori R = 10/gl/r bilan aniqlaniladi.
To‘siqlar bir qavatli va ko'p qavatli bo'lishi mumkin. Bir qavatli to'siqning shovqin to‘sish qobiliyati quyidagi formula bilan aniqlanadi: R = 20 lg (mo 0 - 47,5 ,
bunda, mo — 1 m2 to‘siqning massasi, kg; f — chastota, Gs. Bu formuladan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: To'siqning shovqin to'sish qobiliyati uning massasi oshishi bilan orta boradi, masalan, agar to'siqning og'irligi ikki marta ortsa, uning shovqin to'sish qobiliyati 6 dB ga ortadi.
Aynan bir xil to'siqdan past chastotadagi to‘lqinlarga nisbatan yuqori chastotadagi tovushlarning o'tishi kamayadi, ya’ni to'siqlar yuqori chastotadagi tovushlar uchun samaraliroq bo'ladi.
Kuchli shovqin chiqaradigan mashina va mexanizmlar qopqoq vositalari bilan ta’minlanib, shovqin kamaytiriladi.
Qopqoqlar asosan yog'ochdan, metalldan va plastmassadan tayyorlanishi mumkin. Qopqoqlarning ichki devorlari albatta shovqin yutuvchi vositalar bilan ta’minlanadi.
Qopqoqning tashqi devorlariga vibrodempfirlash vositalari yordamida ishlov beriladi. Qopqoq shovqin tarqatuvchi mexanizmni butunlay berkitishi shart. Agar shovqin chiqaruvchi mashina yoki mexanizm issiqlik chiqarib ishlaydigan bo'lsa, qopqoqlar shamollatish sistemalari bilan jihozlanadi. Shuning bilan birga bu shamollatish sistemalari shovqin so‘ndiq»ichlar bilan
102
ta’minlanadi. Qopqoqning samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi (dB):