Hayot faoliyati


Bu ham o'z navbatida ma’lum qiyinchiliklar tug'diradi. Katta siklon bir yo'la katta miqdordagi changlangan havoni qabul qilaoladi



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə36/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Hayot faoliyati

Bu ham o'z navbatida ma’lum qiyinchiliklar tug'diradi. Katta siklon bir yo'la katta miqdordagi changlangan havoni qabul qilaoladi.


Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul qilish quwati ham pasayadi. Bu esa, siklonlar sonini oshirishga olib keladi. Ko'p sonli siklonlami havo bilan ta’minlash havo taqsimlash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak.

86



V bob. SHOVQINDAN SAQLANISH


Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat kor­ xonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim masalalar qatoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jiddiy masala bo'lib turibdi.


Shovqinning oqibatlari ma’lum. U birinchi navbatda ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilami ma’naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil xatoliklarga yo'l qo'yishlariga olib keladi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbayi hisoblanadi.


Katta shovqin ta’sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab bo'ladi.


Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahmiyatga ega bo'lib, inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kashf etadi.
V .l. Shovqin haqida tushuncha


Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo'lgan havoning elastik tebranishi. harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to'lqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu tebranish tezligi to'lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo'ladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin