158
Xavf — favqulodda hodisa-baxtsizlik bo'lishi mumkinligi va favqulodda hodisalaming baxtsizlikka olib borish imkoniyati.
Xavf manbasi - xavfli vaziyat qanday va qayerdan kelib chiqishi mumkinligini ta’kidlovchi holat.
Zarar keltiruvchi omil — zararlovchi omilning namoyon bo'lishi.
Shunday qilib, «Xavf» tushunchasi xavfli holat .manbayi mavjud bo'lganda muhofaza vositalari bo'lmagan holatni ham o'z ichiga oladi. Muhofaza vositalari va oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilganda xavf manbayidagi xavflilik darajasini birmuncha oshirish yo'li bilan bo'lishi mumkin bo'lgan xavfning kamayishiga erishilgan bo'lar edi. Masalan, elektr tokini o'tkazuvchi elektr simlarini izolatsiya qilish yoki mashina-mexanizmlar aylanuvchi qismlarini qopqoqlar bilan ta’minlash xavfli holat saqlangani bilan umumiy xavfli holatni kamaytirish imkoniyatini yaratadi. Xavf bo'lmagan sanoat korxonasi bo'lmaganidek, xavf bo'lmagan mashina-mexanizmi ham topib bo'lmaydi. Shuning uchun xavfni xavfsizlikka qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan uni kamaytirish imkoniyatlari qidiriladi. Shuning uchun ham xavf manbai ma’lum tavakkallik yo'li bilan xavfsizligi ta’minlangan bo'lsa, uni xavfsiz deb hisoblash mumkin. Bunda tavakkallik ma’lum quyushqon ichida bo'lishi talab qilinadi. Tavakkallik baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar xavfli zona deb yuritiladi.
Hoziigacha biz xavf haqida uni kelib chiqishigacha bo'lgan holatlar haqida so'z yuritdik. Xavf sodir etilgandan keyin xavfsizlik haqida gapirish noo'rin, endi so'z baxtsiz hodisa sabablari va uning yetkazgan zarari, shuningdek, xavf manbayi haqida borishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, xavfli vaziyatni tahlil qilish birinchi navbatda potensial zarar keltiruvchi faktor va potensial favqulodda holat manbayi sifatida qaralishi kerak. Potensial zararli omil ma’lum bir muddatgacha qorong'i va mavhum holatda bo'lib qolishi mumkin. Uni idrok etish va aniqlash oson emas. Potensial zararli omil ba’zi bir muddatgacha noaniq, nazarimizdan chetda bo'lishi mumkin. Uni idrok etish yoki aniqlash oson emas. Ammo bir qancha potensial holatlar orasidan, bular bir-biri bilan bog'langan zanjir hosil qilgan bo'lishidan qat’i nazar, eng ko'p zarar yetkazishi mumkin bo'lgan potensial xavfli holatni aniqlash va idrok etish mumkin yoki shunga yaqin keladigan holatni xavfli holatga yaqinlashtirish imkoniyatlari bo'ladi. Bunda bu holat hamma xavfli omillar ildizini tashkil qilishini va favqulodda hodisaning asosi bo'lishini asoslash mumkin. Quyidagi jadvalda bunga misol keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |