Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə77/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
Hayot faoliyati

153



IX bob. TEXNIKA VOSITALARIDAGI XAVF-XATARLAR VA ULARDAN MUHOFAZALANISH


IX. 1. Xavf-xatar haqida tushunchalar va tahlil usullari


Xavf tushunchasi. Um um an, sanoat korxonalarida va hayot faoliyatining boshqa turli jabhalarida xavfli vaziyatlar bo‘lib turishi muqarrar va buni hech kim va hech qachon inkor etgan emas. Xavf-xatar tahlilining asosiy obyekti bu «Inson — mashina — atrof-muhit (IMA)» tizimini tashkil qiladi bu esa o‘z navbatida ma’lum bir vazifani bajarish uchun texnik obyekt sifatida birlashgan odamlar va atrof-muhit bir-birlari bilan o'zaro bog'langan holda butun bir kompleks shaklida mujassamlanadi. Bunday birlashishning eng sodda turi insonning uy sharoitida uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlardan foydalanganda bo'ladigan qisman muloqotini keltirib o'tish joiz. Bundan tashqari, bunday sharoitlar unga yo'l sharoitida va har xil sanoat korxonalari bilan bo'ladigan bordi-keldi ishlarida ham mujassamlanishi mumkin. Buni hududiy, hududlararo va mamlakat hamda dunyoviy miqyosda ajratish mumkin. Mujassamlashish doimiy va nodoimiy bo'lishi mumkin.
IMA tizimiga kiruvchi obyektlarning nodoimiy mujassamlashish jarayonida favqulodda holat vujudga kelishi mumkin. Buni xavf-xatar tahlili usulini va tuzilishini quyidagi jadvallarda ko'rib chiqamiz.

Favqulodda hodisa — IMA tizimida nisbatan qisqa muddat ichida yuz berishi mumkin bo'lgan hisobga olinmagan, rejalashtirilmagan noxush va ko'ngilsiz voqea bo'lib, butun ish rejasini buzib yuboradi.


Baxtsiz hodisa — favqulodda hodisaning inson organizmiga zarar yetkazish bilan tugallangan ko'rinishidir.


To'xtash-favqulodda hodisaning tizimning ishlash qobiliyatiga putur yetkazishda ifodalanadi.

Hodisa — to'xtashning inson xulqi yoki noto'g'ri harakati natijasi deb tushuniladi.


Xavf-xatar tahlili yuqorida sanab o'tilgan xavflarni oldindan



154

ko‘ra bilish va uni kelib chiqishini oldini oladigan chora-tadbirlar belgilash imkoniyatini yaratadi. Xavf-xatar tahlilida asosan muhim bo‘lgan quyidagi savollarga javob topish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qaysi obyektlar xavfli va ularning xavfi nimada? Qanday favqulodda hodisalarni oldini olish mumkin? Qaysi favqulodda hodisalarni to'liq yo'qotish mumkin emas va u tez-tez bo'lib turadimi? Oldi olinmagan favqulodda hodisalar odamlarga, moddiy obyektlarga va atrof-muhitga qanchalik zarar yetkazishi mumkin?

Xavf-xatami tahlil qilish uning xavflilik darajasini aniqlagan holda uni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash bilan yakunlanadi. Bu albatta, birmuncha zaruriy bilimlami: ehtimollik nazariyasi, statistika tahlili, injenerlik bilimlari bilan birga fikrlash va mushohada qilish imkoniyatiga ega bo'lgan kishilargina bajarishi mumkin.


Asosiy tushunchalar. Favqulodda hodisalar va ular haqidagi ma’lumotlar odatda A, B, S, D va hokazo harflar bilan belgilanadi. Bunda, masalan, agar favqulodda hodisa yuz bergan bo'lsa, A = l, agar favqulodda hodisa bo'lmagan bo'lsa yoki yolg'on ma’lumot bo'lib chiqsa, A=0 deb baholanadi. Olingan ma’lumot va favqulodda hodisa, haqiqatda chindan ham bo'lgan bo'lsa, uni 1 bilan, yolg'on ma’lumot va favqulodda hodisa bo'lish imkoniyati yo'q bo'lsa, unda uni 0. Quyidagi 14-jadvalda A,V — favqulodda hodisa yoki ma’lumot uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan asosiy operatsiyalami holatlari keltirilgan.


Favqulodda hodisa yoki ma’lumot ustida ikki o‘rinIi operatsiya



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin