Hayot faoliyati


VTII.3. Nurlanish normalari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə73/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161
Hayot faoliyati

VTII.3. Nurlanish normalari

Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan sanoat korxonalarida, bu konconalarda to'g'ridan-to'g'ri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari, qo'shni xonalarda boshqa ishlar bilan shug'ullanayotganlar, shuningdek, sanoat korxonasi joylashgan zonada yashovchilar ham birmuncha radioaktiv nurlanishlar ta’siriga tushib qolishlarini hisobga olish kerak. Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shug'ullanayotgan va yashayotgan shaxslarning xavfsizligini



146

ta’minlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan ta’minlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy muhofaza vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishdir. Bunda, radioaktiv nurlanishlar miqdorini o‘lchash asboblaridan foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.

Ionlashtirilgan nurlanishlardan ishchilarni saqlash qoida va normalari hamda qoMlaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir.


Asosiy normalovchi hujjat sifatida quyidagilardan foydalaniladi: «Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-76)». «Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashgan nurlanish manbalari bilan ishlovchilar uchun asosiy sanitariya qoidalari» (OSP-72); GOST 12.2.018-76 «SSBT. Rentgen qurilmalari. Xavfsizlikning umumiy talablari»; GOST 17.4.001-75 «SSBT. Ishchilarni muhofaza qilish vositalari. Sinflari». Joriy qilingan normalar bo‘yicha nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan dozasi (YQD), shuningdek, ishlovchi uchun bir yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida organizmda yigMlgan taqdirda uning sog‘lig‘iga va avlodlari sog‘lig‘iga zarar yetmaydigan miqdorlari belgilangan.


Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta’sir ko'rsatmasdan, ba’zi bir a’zo va hujayralarini ko‘proq zararlashi aniqlangan. Shuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning qaysi qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yig'ilganligi hisobga olinadi. Chunki bu yigMlgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm falokatini ta’minlashi mumkin.


Shuning uchun radioaktiv nurlanishlar xavfsizlik normalari NRB-76 bo‘yicha, yo‘l qo‘yilishi mumkin boMgan dozalari (YQD) ichki va tashqi nurlanishlar bo‘yicha belgilanganda, nurlanuvchilar toifasi va xavfli a’zolar hisobga olinadi.


A-toifasi: ionli nurlanishlar manbalarida mehnat qilganliklari sababli, nurlanish ta’siriga duchor boMishi mumkin boMgan shaxslar.


B-toifasi: nurlanishlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonasi joylashgan joyda yoki unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar.


D-toifasi: mamlakatning hamma aholi yashash punktlari.


Ichki va tashqi nurlanishlar uchun yoM qo'yihshi mumkin boMgan doza (YQD) inson organizmining muhim qismlarini 3 guruhga boMish bilan belgilanadi:



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin