Hayot faoliyati


VIII. 5. 0 ‘lchash asboblari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə76/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Hayot faoliyati

VIII. 5. 0 ‘lchash asboblari

Nurlanishlar bilan ish olib borayotganda inson organizmiga ta’sir ko'rsatayotgan nurlanish dozasini va ish joylaridagi nurlanish





151

miqdorini bilib turish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham o‘lchov asboblariga katta ahamiyat beriladi.
O'lchash asboblarining ishlash tizimi ionlanish, ssintilatsiya va fotografiya usullariga asoslangan. Ba’zi bir gazlar radioaktiv nurlar ta’sirida elektr o'tkazuvchan bo'lib qolish qobiliyatiga ega. Ionizatsiya usuli shunga asoslangan.

Ssintilatsiya usuli esa gaz, kristall va eritmalarning ionlashtirilgan nurlanishlami yutishi natijasida ko'rinadigan nurlar tarqatish xossasiga asoslangan. Fotografiya usuli ionlovchi nurlanishlar fotoemulsiyaga ta’sir ko'rsatishiga qarab belgilanadi.


O'lchash asboblari radioaktivlikni yoki zararlanish dozasini o'lchaydigan turlarga bo'linadi. Radiometrik asboblar radioaktiv moddalar qancha zarrachalar va kvantlar ajratayotganini o'lchaydi.


Dozimetrik asboblar esa ionlashtirilgan nurlanishlar qancha energiyani uzatayotgani yoki obyektga tushayotganini o'lchaydi.


Radiometrik va dozimetrik asboblar umuman sanoat korxonalari holatini o'lchash uchun hamda shaxsiy nazorat vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Shaxsiy nazorat har bir ishchi uchun ishlayotgan davridagi ma’lum vaqtlarda (masalan, kun yoki hafta davomida) nurlanishlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Dozimetrlar ishchi tanasining eng ko'p nurlanish olishi mumkin bo'lgan qismiga o'rnatiladi.
VIII.6. Shaxsiy muhofaza aslahalari

Shaxsiy muhofaza aslahalari asosiy muhofaza aslahalariga qo'shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmning teri qismlarini, shuningdek, nafas olish a’zolarini tashqi nurlanishdan muhofaza qiladi.


Ular asosan va nurlanishlardan saqlash imkoniyatiga ega, ammo nurlanishlar va neytron nurlanishlaridan muhofaza qila olmaydi.


Shaxsiy muhofaza aslahalarini umuman ionlovchi nurlanish-larda ishlatganda shartli ravishda hamma vaqt qo'llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga ajratiladi.

Hamma vaqt qo'llaniladigan shaxsiy muhofaza aslahalariga xalatlar, kombinezonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va ba’zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza aslahalariga izolatsiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo'ladi.



152

Shaxsiy muhofaza aslahalarining tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilarga: izolatsiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo'shimcha muhofaza vositalariga bo‘lish mumkin.

Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kos­ tyumlar ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og'irlik tushmasligini ta’minlashdir.


Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolatsiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Mavjud zamonaviy izolatsiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.


Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan foydalaniladi.


Maxsus kiyim-bosh va maxsus oyoq kiyimi. Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilar xalatlardan, qalpoqlardan, rezina qo'lqoplardan, aktivligi 10 m Ki dan ortiq bo‘lgan ba’zi bir izotoplar bilan ishlaganda - kombinizonlar, maxsus ichki kiyimlar, xlorvinil fartuklari va yenglari, plyonka xalatlar, botinkalardan foydalaniladilar.

Binolarni tozalayotgan ishchilarga qo'shimcha rezina qo‘lqoplar, fartuklar, yenglar, kalishlar va rezina etiklar beriladi.


Qo‘shimcha muhofaza vositalari. Qo‘lni muhofaza qilish uchun neyron lentasidan tayyorlangan va oson dezaktivatsiya qilinadigan uzun (600 mm) va qisqa (290 mm) qo'lqoplar beriladi. Matodan va charmdan tayyorlangan qo'lqoplardan foydalaniladi, chunki ular suyuqliklarni shimishi va chang yutishi mumkin. Katta tig‘izlikka ega bo‘lgan nurlanishlarda qo‘rg‘oshinlashtirilgan rezinadan qilingan va egiluvchan yenglarga ega bo'lgan qo'lqoplardan foydalaniladi.

Ko'zni va nurlaridan saqlash uchun oddiy shisha ko'zoynaklar kifoya qiladi. Ba’zi bir kuchliroq — nurlariga qarshi silikat va pleksiglaz ishlatiladi.


Nurlariga qarshi ko'zoynaklarda qo‘rg‘oshinli oyna yoki volfram fosfati qo'shilgan oyna qo'yiladi.


Agar havo muhitida radioaktiv changlar mavjud bo'lsa, unda ko'zoynaklar rezina maskalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. a va



  1. nurlari bilan ishlayotganlar yuz va ko'zlarini organik shishadan yasalgan shit bilan berkitishlari kerak.




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin