Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə71/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161
Hayot faoliyati

142



VIII-bob. RADIOAKTIV NURLAN ISH LARD AN SAQLANISH

Bir qancha ilmiy-tekshrish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi.


Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallaming sifatini aniqlashda keng qoMlaniladi.


Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktiv nurlar yaxshi natija beradi.


Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir ko'rsatib, og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boMishi mumkin. Uning ta’sirida inson og‘ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo'lishi mumkin. Shuningdek, ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko'rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Radioaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon boMguncha hech qanday belgiga ega boMmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og‘ir bo'lishi va ko‘pincha oTim bilan tugashi mumkin.


Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to‘g‘ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlarini qoMlash xavfsizlikni ta’minlaydi.




VIII. 1. Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari

Radioaktivlik—atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.


Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta’sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil boMadi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alfa va beta nurlari, shuningdek, neyfron oqimlari kiradi.

Alfa nurlari katta ionlashtirish xususiyatiga ega boMgan, harakat doirasi katta boMmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta boMmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta’sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.




143

I


Beta nurlari radioaktiv moddalarning atom yadrolari tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. Shu sababli ham inson uchun xavflidir.


Gam m a nurlari ionlash qobiliyati katta bo‘lmasa-da, katta yorib kirish kuchiga ega bo'lib, yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.


Rentgen nurlari moddalarni elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan elektromagnit nurlaridir.


Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida hosil qilish mumkin. Bu nurlarning ionlanish xususiyatlari oz bo‘lsa-da, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta.

Radioaktiv nurlanishlarning ma’lum muhitdagi ta’sirini aniq belgilash maqsadida «nurlanishlarning yutilgan dozasi» — Dyu tushunchasi kiritiladi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin