Hayot faoliyati



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə70/161
tarix12.06.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#128790
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
Hayot faoliyati

\

\■’d ' ©


29-rasm. Magnit maydonining kuchlanish oqimi


zichligini o'lchash asbobi.





140

VII.5. Lazer nurlaridan saqlanish

Optik kvant generatori «lazer» deb ataladi. Lazer hozirgi zamon texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri bo'lib, ixtiro qilingandan keyingi o‘n yil ichida juda keng tarqalib ketdi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida, juda aniq o'lchov ishlarida, olmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzada oldingi usullarda olinishi mumkin bo'lgan 50 chiziq o'm iga 600 gacha chiziq chizish mumkin bo'lgan noyob graverlik ishlarida va boshqa ko'pgina sohalarda qo'llaniladi.


Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko'rsatishi mumkin, shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigienik normalari va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.


Lazer nurlari elektromagnit to'lqinlarining ultrabinafsha nuridan tortib infra qizil nurlarigacha bo'lgan spektr sohalarining hammasini o'z ichiga olgan optik diapazonini qamrab oladi. Lazeming nurlanish oqimi juda kichkina (tashkil qilgan burchagi lo) oqim yo'nalishdan iborat bo'lganligidan oqim kuchlanishi zichligi nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta bo'ladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011—1014 Vt/sm2 ni tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda parlanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish ekanligini tasawur qilish mumkin.


Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib qolsa, biologik hujayralarni yemirishi va inson organizmiga nihoyatda og'ir ta’sir ko'rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak-qon aylanish sistemasini, markaziy nerv sistemasini, ko'zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. Shuningdek nurlanish qonning quyilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishga, bosh og'rig'iga, uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi.


Lazer energiyasining birlamchi manbalari sifatida gaz razryadli impuls lampalaridan, doimiy yonuvchi lampalardan, SVCH lampalaridan foydalaniladi, bularni ishlatish o'z navbatida qo'shimcha har xil xavf manbayi hisoblanadi.


Lazer nurlarining inson organizmiga ta’sir darajasi va xarakteri nur yo'nalishi, to'lqin uzunligi, nurlanish quwati, impuls xarakteri va ularning chastotasiga bog'liq bo'ladi. Lazer nurlari energiyasi organizm hujayralarida yutilib, ularda issiqlik ajrala boshlaydi, har xil hujayraning energiya yutish qobiliyati har xil. Yog' hujayralari energiyani mutlaqo yutmaydi.





141

Ko‘z hujayralarida yog‘simon qavat mutlaqo yo‘q, shuning uchun lazer ko'z uchun nihoyatda xavfli.
Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan optik kvant generatorlari bilan ishlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik sanitariya normalarini belgilashda ko'z qobig'ining intensiv nurlangandagi yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegarasi, shuningdek, birmuncha nozik bo'lgan ko'z qorachig'i uchun chegara miqdorlar belgilangan.
Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan oqim zichligi rubinli lazerlar uchun 10'8 - 2; 10'8 Dj/sm2, neodimli lazerlar uchun 10'7 - 2; 10‘7 Dj/sm 2 (bularning ikkalasi impulsli rejimga bog'liq) Geliy neon uchun 10-6 Dj/sm 2 (uzluksiz rejim) miqdorida belgilangan.

Lazer nurlaridan saqlanish uchun to'siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi.


To'siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo'lmasligini ta’minlaydi. Lazer ustanovkalari o'rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo'lishi kerak.

Bunda lazer nuri asosiy o'tga chidamli devorga qarab yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bu devor va shuningdek, xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffitsiyenti juda oz bo'lgan materiallardan bo'lishi kerak. Jihozlaming ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo'lmasligi kerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo'lishi kerak, chunki bu holda ko'z qorachig'i minimal kengaygan bo'ladi.


Lazer ustanovkalarini ma’lum masofadan turib boshqarishni ta’minlash va avtomatlashtirish yaxshi natija beradi.


Shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug'lik filtrli muhofaza ko'zoynagi, muhofaza to'siqlari sifatida xalat va qo'lqoplarni tavsiya qilish mumkin. Nazorat o'lchovlari maxsus usullar bilan tegishli apparaturalarni qo'llab olib boriladi.




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin