Topografik usul. Bu usul ham gruppa usulining ko'rinishlaridan biri bo'lib, quyidagi hollarda qo'llaniladi: gruppa usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N -I), ish uchaskalarining planida baxtsiz hodisa yuz bergan joylarga qo'yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlani-shi haqida ko'rgazmali ma’lumot olinadi.
Har qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish ham olingan materialni, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan N-I formadagi aktni har tomonlama o'rganiladi. Akt bo'yicha baxtsiz hodisa yuz bergan joy, jarohatla nish tavsifi, og'irlilik darajasi, sutkaning qaysi vaqtida yuz ber-ganligi haqidagi ma’lumotlar bo'yicha taqsimlanish belgilari aniqdanadi.
Statistik usulda aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada va ishchilarning ish staji kam bo'lganlariga, 50% atrofida baxtsiz hodisalar to'g'ri keladi.
Bularni hisobga olib, baxtsiz hodisalarni kamaytirishning amaliy tadbirlarini ko'rish imkoniyati tug'iladi.
Monografiya usuli. Bu usulning mohiyati, baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim sex uchastka yoki ishlab chiqarish xonasini chuqur va har tomonlama o'rganish asosida olib boriladi. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitar-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Ushbu korxonalarda ro'y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o'rganiladi
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo'yicha ham o'tkaziladi.
167
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo'lgan potensial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan bunday korxonalarda aynan o ‘xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasliklarini ta ’minlashga harakat qilinadi. Bu usul xulosalari asosida loyhalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlami o‘zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riIadi.
Dostları ilə paylaş: |