Hayot va ijod yo‘li



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131248
1   2   3   4   5
9-sinf adabiyot fanidan referatlar

Hayoti va ijodi. Abdulla Oripov 1941- yilning 21- mart — ayni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog'ida tug‘ildi. Qishloq Qo‘ng‘irtov ctagiga o'rnashgan, oqar suv taqchil bo‘lsa-da, seryomg‘ir kelgan yillarda ko‘kat-u maysalarga ko‘milib qoladigan kengish joyda edi. Ana shunday go‘zal maskanda tug‘ilib o‘sgan bo‘lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla o‘g'li ishbilarmon dehqonlardan bo‘lib, jamoa xo‘jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko‘pchilik o‘zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g‘oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo‘lgan. Oilada to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lib, Abdulla o‘g‘illarning kenjasi edi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o'tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to'pla- di. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o‘ychil, kitobga haddan tashqari ko‘ngil qo‘ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so‘zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko'rar, so‘zning mazmunidan ham ko‘ra ohangi uni qattiq bezovta qilardi. Buni shoir keyinchalik shun­day eslaydi: “...birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo‘lganini aniq bilmayman. Har holda so‘zlarni qofiyalashga ish- qiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q”.
Abdulla o‘z qishlog‘idagi yetti yillik maktabda o‘qiy boshladi. 1958- yilda qo‘shni Tayzan ovulidagi o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi 0‘zMU) “0‘zbek filologiyasi” fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirib. uni 1963- vilda imtivozli diolom bilan bitirdi. A. Oripov oliv maktabni tugatgach, Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. Bu yerda to‘rt yil ishlagach, 1967- 1974- yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda dastlab muharrir, so‘ng katta muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 1974-1976- yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida nazm bo‘limini boshqaradi.
Olovli she’riyati bilan muxlislari mehrini qozongan shoir 1976 — 1982- yillar orasida 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982-1983- yillarda 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo'limida ma’sul kotib bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1983- yilda shoir “Gulxan” jur- nalining bosh muharriri bo‘ldi va u yerda 1985- yilgacha, ya’ni 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o‘tguncha ishladi. Uyushmaga uch yil kotiblik qilgan A. Oripov 1988- yilda 0‘zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tkazildi. 1996- yilning mart oyidan 2009- yilning mayiga qadar shoir 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida ishlab keldi.
Abdulla Oripov 1983- yilda ikki karra taqdirlandi: dastlab Hamza nomidagi davlat mukofoti, biroz muddat o‘tgach “0‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika Davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi, 1998- yilda esa shoir “0‘zbekiston qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, A. Oripov 0‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifidir.


SAROB

Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada,


Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada
Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat.
Nimanidir axtaraman — she’rdan ham ulug‘,
Nimanidir axtaraman — nondan azizroq.
Dunyo o‘zi bepoyon-ku, ranglarga to‘lug‘,
Biroq mening ko‘zlarimdan ranglar ham yiroq.

Injiq ruhim may istaydi gohi-gohida,


Faqat uning og‘ushida topaman orom.
Xayollarim sarxush bo‘lib kezgan chog‘ida
U bearmon kunlarimga qaytaman tamom.

Ko‘z oldimda kiprikdayin tizilar yillar,


Har biriga marjon bo‘lar achchiq unlarim.
Xira tuman orasida cho‘g‘day miltillar,
Jayron quvib, jayron yanglig o‘tgan kunlarim.

0‘shanda ham bo’lar edi osmon-u adir,


0‘shanda ham kezar edik shundoq yalang bosh.
Bilmas edik kitob nima, shahar nimadir...
Enagamiz — tunda oy-u, kunduzi quyosh,

Quyundayin charx urardik doim to‘zonda,


Chang neligin bilmas edik o‘sha mahali.
Onamizni o‘ylar edik inson deganda,
Ammo ona tanholigin bilmasdik hali.

Balolardan asrar edi o‘zi tabiat,


Boshimizga sochar edi beminnat ziyo.
To‘nkarilgan osmon osti — shu sirli xilqat
Bizning uchun ham kulba-yu ham buyuk dunyo.

Kunlarimiz jilg‘alarday o'tdilar oqib,


Maktab bordik — og‘ir bo‘lib qoldik daf’atan.
Devordagi arslon yolli kartaga boqib,
Sekingina shivirlashdik: mana shu Vatan!

Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi


Qobilova Nafisaning adabiyot fanidan Abdulla Oripovning hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan


Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi
Odilov Shaxzodning adabiyot fanidan Odil Yoqubovning hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan






Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin