Hayot va ijod yo‘li. Shoir, dramaturg, nosir — Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon 1897- yili Andijonda tug‘ildi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o‘g‘li ma’rifatli, bilimli ziyo- lilardan bo‘lib, asli savdo bilan shug‘ullansa-da, she’rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko‘rmagan, ammo ko‘ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qo‘shiqlarni ko‘p biladigan ayol bo‘lgan.
Cho‘lpon dastlabki ta’limni o‘z mahallasidagi maktabda olib, saboqdoshlaridan o‘tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Qur’oni Karimni yod oladi. Otasi zamon talabiga ko‘ra, o‘g‘lining rus tili va madaniyatidan ham xabardor boiishini istagani uchun Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o'qishga bergan. Bo‘lajak shoirda rus- tuzem maktabida rus va boshqa kunbotish xalqlari adabiyoti bilan tanishish imkoni tug'ildi. Bu maktab saboqlari bitgach, mulla Sulaymonqul iste’dodli o‘g‘lini madrasaga topshirib, yetuk muddaris qilmoqchi bo‘ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini o‘rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o‘zbek adibi Fitrat asarlari ta’sirida turkchilik g‘oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan ChoMpon muddaris cmas, “o‘zbek milliy yozuvchisi” bolishga ahd qiladi. Shuning uchun, Toshkentga ketib, ijod bilan shug'ullanadi. U turk, rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o‘qidi.
Bolaligidan she’rlar yozib yurgan Cho’lpon o‘z yozmalarini “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farglona”, “Turkiston viloyati gazeti” kabi nashrlarda “Qalandar”, “Mirza qalandar”, “Q.”, “Andijonlik”, “Choipon” taxalluslari bilan chop ettirgan. Kevinchalik “Cho‘lpon” uning asosiy taxallusigsa aylanib qoldi
YONG‘IN
Talanmagan, yiqilmagan yer yo‘q, Go‘daklar nayza boshida...
(Xabar)
Nega menim qulog‘imda tun va kun Boyqushlarning shumli tovshi baqirar?
Nega menim borlig‘imga har o‘yun
Va har kulgi og‘u separ, o‘t qo‘yar?
Ko‘nglim kabi yiqiq uylar, qishloqlar,
Boyqushlarga buzuq ko‘ksin ochganmi?
Ota-ona, tanish-bilish, o‘rtoqlar
Yurtni tashlab, tog‘ va toshga qochganmi?
Shunday katta bir o‘lkada yonmagan,
Yiqilmagan, talanmagan uy yo'qmi?
Bir ko‘z yo‘qmi qonli yoshi tommagan,
Butun ko‘ngil umidsizmi, siniqmi?
Podalarning yaylovida bo‘rilar
Qonga to‘ygach, uvlaylarmi ko‘plashib,
Yiqiqlardan o’liklarni to‘plashib,
0‘tmi qo‘yar alvastilar, parilar?
Tabiatning butun yomon tomoni
Shu o‘lkaga faqat jilva qildimi?
Mo‘minlarning oq vijdoni, imoni
Sham so‘nganday tinsizgina so‘ndimi?
Qilichlarning tillarida qizil qon,
Buloqlarning suvi yanglig‘ toshdimi?
Yalang bola, yalang go‘dak — ma’sum jon
Nayzalarning boshlaridan oshdimi?
Keng yaylovga o‘tmi ketdi, yondimi?
“Madaniyat” istagiga qondimi?
Karmana tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchisi
Fayzullayev Javohirning adabiyot fanidan Cho’lponning hayoti va ijodi mavzusida tayyorlagan
Dostları ilə paylaş: |