Hayot va ijod yo‘li



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/5
tarix16.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#131248
1   2   3   4   5
9-sinf adabiyot fanidan referatlar

olam va odamning yaratilishi, insonning yo‘ldan ozishi va komillik sari mashaqqatli hamda uzoq yo‘l bosib borayotganligi haqida g‘oyat mantiqli va qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ushbu asar musulmon dinini qabul qilgan e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan Nosiruddin To‘qbug‘aning ilti- mosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309—1310) yilda yozilgan.
Asosan payg‘ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o‘ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (Payg‘ambarlar qissasi) nomi bilan mashhur ko‘plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “ba’zisi mustaqim (to‘g‘ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor”. Shu- ning uchun ham bek To‘qbug‘a adibdan “o‘qimoqg‘a keraklik, o'granmakka yarog‘liq” payg‘ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so‘ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning bu asari “Qisasi Rabg‘uziy”, “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o‘qib
kelinmoqda. Rabg‘uziyning bu ijod mahsuli mazkur mavzu an’anasidagi o‘ziga xos bosqich bo‘ldi. Birinchidan, adib o‘zigacha yaratilgan payg‘ambarlar haqidagi qissalarni puxta o‘rgandi, ularning yutuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaflari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tuzatdi, xato va chalkashliklarga barham berdi. Uchinchidan, oldingi nabiylar qissalari arab va fors tillarida yozilgan bo‘lsa, Rabg‘uziy qissalari turkiy (o‘zbek) tilida bitilib, turkiyzabon xalqlarning bebaho ma’naviy mulkiga aylandi.
Qissalar syujeti, bosh qahramonlari turlicha bo‘lsa-da, ularni bir zot — Muhammad alayhissalom siymosi o‘zaro birlashtirib turadi. Dunyoning yaratilishi haqidagi birinchi qissada aytilganidek, Alloh taolo farishtalariga
qarata man bilurmankim, Muhammad Mustafo alayhissalom Odam o‘gionlaridan bo‘lg‘usi, bul jahonni, ul jahonni, oyni, kunni, qamug narsalarni aning sevukligi uchun yaratdim”, deb marhamat qiladi. Shuningdek, asarning oxirgi qissasi Muhammad alayhissalom va u zotning ahli bayti — oilasi, avlodlari haqidadir. Ko‘rinadiki, insoniyatning uzoq tarixi, payg‘ambarlar, avliyolar va boshqa ulug‘ zotlarning haq va haqiqat yo‘lidagi sa’y-harakatlari, izlanishlarining samarasi, umuman, odam zotining tom komillashuvi Muhammad alayhissalomning dunyo sahnasiga chiqishi bilan zuhur topdi.
Asrlar davomida insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan, buyuk Alloh irodasining ifodasi boimish din ham Muhammad alayhissalomga berilgan Islom shariatida o‘zining mukammal shakli va mohiyatiga ega bo‘ldi. Ming yillar davomida yuz bergan jarayonlar, inqirozlar, rivojlanishlar ana shu zot (Muhammad a.s.)ning dunyoga kelishi, ana shu mafkura (Islom)ning qaror topishi uchun tayyorlangan zamin edi. Asardagi qissalarni birlashtirib turadigan bosh g‘oya ham, ulardan kelib chiqadigan xulosa ham mana shundan iborat.
Aytish mumkinki, “Qisasi Rabg‘uziy” buyuk ibrat va insonga taskin, umid bag‘ishlovchi mo‘tabar manbadir. Asarda payg‘ambarlar hayoti, tarixda bo‘lgan voqealar shunchaki bayon qilinmaydi. Uni o‘qir ekansiz, bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g‘alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin boiasiz. Barcha voqeliklarda Parvardigorning hikmati, adolati, eng asosiysi, ibratga to‘la irodasi zuhur qiladi. Mana ularning ayrimlari:
Olloh Odamato va Momohavoni yaratib, avvalda jannatga kiritdi. Chunki Odam (a.s.) avlodlari hayotlik davrida inti- lishlari, dunyoda yashab nom qozonishlari va unga loyiq bo‘lishlari lozim bo‘lgan ma’voni avvalida ko‘rishlari kerak edi. Odamato va Momohavoning bug‘doy majorosi bilan jan- natdan quvilishi ham bejiz emas edi. Olloh “Odam yarat- mazda ashnu (ya’ni yaratishdan oldin) yer yuzida xalifa yaraturman (deb iroda qilgan edi). Bug‘doydin yedi tesalar (jannatdan yer yuziga) chiqmoqqa sabab bo‘lg‘usi uchun”. Yoki Yusuf alayhissalomning qul qilinishini olaylik. Taqdirida bo‘lgani uchun, bir vaqtlar qul bo‘lgan boig‘usi payg‘ambar Misr hukmdori bo‘ldi. Qahatchilik, ocharchilik tufayli butun Misr xalqi Yusufga qul bo‘lib qoladi. Shunda Tangri taolo o‘z rasuliga qarata shunday xitob qiladi: “Ey Yusuf, biz seni qulliqqa solmasaq erdi bu kun qullar qadrin qayda bilgay erding”.
Iblis o‘zini ulug‘ sanab, kibrga botdi, Ollohga osiy bo‘ldi va uning huzuridan la’natlanib quvildi. Demak, kibr halokatga sabab bo‘luvchi osiylikdir. Yusufni ko‘rolmay unga zulm qilgan akalari qismatidan ko‘rinadiki, hasad insonning ichini yondiruvchi, uni tubanlikka boshlovchi va oxir-oqibat yuzi- ni qora qiluvchi o‘t ekan. Quyidagi so'zlar esa har kuni har kimga eslatma bo‘lishi kerak: “Ma’siyat (gunoh)dan yig‘iling, xalq orasida ko‘ni (to‘g‘ri) hukm

qiling, kuch qilmang, zino qilmang, qon to‘kmang, xiyonat qilmang”.


Shuningdek, “Qisasi Rabg‘uziy” o‘ziga xos etnografik xarakterdagi chizgilarga ega asardir. Unda turkiy va boshqa xalqlarning ayrim rasm-rusum, urf-odatlari ham muallif nazaridan chetda qolmagan: “Rum viloyatining odati bor, teva (tuya)lari chaliqliq (beboshlik qilib) burunduqlatmasalar, yangi tushgan kelinlarni keltirub, un tuzub (musiqa chaldirib) yirlayturlar (kuylatishadi). Tevalar ularning ovozlariga xush- lanib o‘zlaridan kecharlar (o'zlarini unutadilar) — ilikka ilinurlar (qo‘lga tushadilar)”. Yoki: “Xalq orasida rasm bor, do‘st do‘stga safar qilib yonar (qaytar) bo‘lsa, bir hadya ola borurlar”.
Tibbiyotga oid mo‘jazgina ma’lumotlar ham uchraydi: “Savol: 0‘luk tirgizmak mo‘jizasi bo‘lg‘ay, ammo ko‘rni taqi (yana) pesni o‘tachilar o‘nglaturlar (tabiblar tuzatadilar) dori birla. Iso duosi birla ne mo‘jizasi mo‘jiza bo‘lur?
Javob ul turur: Modarizod (onadan tug‘ma) ko‘zsuzni Iso duo birla o‘nglatur erdi. Yana pes ikki turluk bo‘lur, biriga davo yarar, biriga yaramas. Davo yarag‘an pes ul bo‘lurkim, igna sanchsa qon chiqar. Davo yaramasg‘a igna sanchsa qon chiqmas. Iso alayhissalom andog1 pesni yaxshi qilur erdi”.
Yodgorlikning sodda, shirali tili o‘quvchini maftun etadi. Unda o‘quvchiga og‘ir keladigan murakkab, balandparvoz ifodalar qo'llanmagan, ayniqsa, imkon qadar sof turkiy so‘zlarning ishlatilganligi tahsinga sazovordir.
Asar badiiyati ham o‘ziga xos. Bir qator qissalar bosh- lanishida yoki ichida berilgan o‘zbekcha hamda arabcha she’rlar Rabg‘uziyning nozikta’b zullisonayn shoir bo‘lgan- ligidan darak beradi. Bu she’rlar asar mazmunini to‘ldiradi, g‘oyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi o'ziga xos badiiy vosita boiib xizmat qiladi. Shuningdek, juda ko‘p o'rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis, takrir, jonlantirish kabi tasvir vositalaridan unumli foydalangan.
Hurmatli o‘quvchi! E’tiboringizga “Qisasi Rabg‘uziy”- dan ba’zi qissalardan parchalarni hozirgi tilga tabdil qilmay, asliyatda qanday bo‘lsa, o‘sha holatda havola qilmoqdamiz. 0‘ylaymizki, berilgan lug‘at yordamida ularni hech qiynalmay o‘qiysiz, uqasiz hamda zavqlanasiz. Ko‘p o‘rinlarda muallif fikrni dalillash uchun Qur’on oyatlari, payg‘ambar hadislari va boshqa mo‘tabar manbalardagi ma’lumotlarni arab tilida keltirgan. Biz bu arabcha jumlalarning hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilgan holatdagi mazmunini berdik. Ular matnda alohida ajratib ko‘rsatilgan.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin