Vatan haqida qo‘shiq ijro etiladi. Sahnaga boshlovchilar chiqadilar.Ular Qomusda belgilangan moddalardan misollar aytadilar.
1-boshlovchi: : O‘zbekiston Respublikasi demokratik va umuminsoniny prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson,uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13- moddasida ifoda etilgan.
Shu boisdan Qomusimiz
Bizlar uchun tabarruk.
Yuraklarga yaqin erur
Bizlar uchun u suyuk.
2-boshlovchi: Davlat hokimiyatini tashkil etishda qonuniylik prinsipiga qat’iy amal qilinadi. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Bir o‘quvchi davraga O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘ini ko‘tarib kiradi:
Boshim uzra hilpiraydi bayrog
Senga boqsam, chaqnar ko‘zi qarog‘im
Sahnaga o‘quvchilar chiqib, Bayroq ranglariga, unda aks etgan yulduzlarga o‘z kiyimlari, shunga mos taqib olgan belgilari asosida ta’rif beradilar.
1-o‘quvchi: Men - moviy rang bo‘laman, zamin osmonining parchasi. Bu - olamda tinchlik bo‘lsin, deganim.
2-o‘quvchi: Men - qizil rangdirman. Bamisoli tomirlardan oqqan qondirman. Hammani Vatan bayrog‘i ostida yashashga, mehnat qilishga, kurashishga chaqiraman.
3-o‘quvchi: Men - oq rangman. O‘zim ham oq, ko‘nglim ham oq, qilar ishim esa pok, elga doim oq yo‘l tilayman.
4-o‘quvchi: Men - yashil rangman. Yashillik yasharish, yashnatish, kelajakka ishonch degani, nonu-nasiba, sof havo, sog‘u-omonlik degani.
5-o‘quvchi: - Oymomoman, oymomo, ertaklarga boy momo. Niyatim - odamlarga to‘kinlik tilab, O‘zbekiston sharafini olam aro yoyish.
6-o‘quvchi: 12 yulduz - 12 oymiz, jamlasangiz, bir yilga jomiz. Oyu quyosh bilan harakatdamiz. Kim qanday yashashini hech ikkilanmay baholaymiz.
Dostları ilə paylaş: |