Hayotimiz qomusi



Yüklə 361,49 Kb.
səhifə45/45
tarix07.01.2024
ölçüsü361,49 Kb.
#209659
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Kunstitutsiya kuni

5 – o’quvchi: 65 – moddada onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deya belgilab qo’yilgan
Yashna yuksak diyorim


Yashna yuksak diyorim
Sensen baxtim bahorim
Madhing qo’shib kuylamoq
Ko’nglimdagi shiorim
Go’zal gulshan bog’laring
Go’zal ulkan tog’laring
Dilga orom beruvchi
Nurafshon har yoqlaring
Sen tandagi jonimsan
Tomirdagi qonimsan
Mehring yashar qalbimda
G’ururim ham shonimsan
1 – boshlovchi: Endi navbat sahna ko’rinishiga
(Sahnaga Dono bobo va 6 nafar qiz chiqadi)
Dono bobo: Assalomu alaykum bolajonlarim. Men kelayotib sizlarning Vatan haqidagi chiroyli she’r o’qiyotganingizni eshitib qoldim. Bugun sizlarga davlat ramzlari haqida so’zlab beramiz (BAYROQ)
Moviy libos kiygan qiz: Men moviy rang bo’laman – yurt osmonim bir parchasi. Bu olamda tinchlik bo’lsin deganidir
Qizil libos kiygan qiz: Men qizil rangdirman. Bamisoli tanimdagi oqqan toza qondirman. Hamma – hammani Vatan bayrog’i ostida yashashga, mehnat qilishga va kurashga chaqiraman.
Oq libos kiygan qiz: Men oqrangdirman. Yasharish, yashnatish, ertangi kunga ishonish degani. Orzularim buyuk, yuragim doim yashnab tursin.
Boshida oymomo kiygan qiz: Oymomoman, oymomo.
Ko’rinishim 3 yoki 4 kunlidir.
Niyatlarim odamlarda to’linlikdir.
O’y sursalar, o’ylariga sirdoshman,
Yo’l yursalar, yo’llariga izdoshman
Boshiga 12 yulduz taqqan qiz:
12 yulduz – 12 oymiz, jamlasangiz bir yilga joymiz.
Kim qanday yashaydi, yaxshimi yomon
Hech ikkilanmay baholaymiz.
Biz aks etgan yurt bayrog’i ham o’zi ham dunyo turguncha tursin deymiz
O’zbekiston bayrog’i
Havo rang oq va yashil
Bordir qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli
O’zbekiston bayrog’i


O’n ikki baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unga dunyo xaqlari
Havas bilan qarashar


Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i
III.Yakuniy qism
Aqliy hujum.Savol-javob o`tkaziladi.
-Konstitutsiya so`zi qanday ma`noni bildiradi?
-Konstitutsiya qachon va qaysi sessiyada qabul qilingan?
-Konstitutsiya tuzilishi aytib bering.
Tarmoqlash orqali Konstitutsiya bo`limlarini ko`rsating.
Mavzu xulosalanib, o`quvchilar rag`batlantiriladi

Yüklə 361,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin