Mavzu:Qomusli el-nomusli el. I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga Konstitutsiya haqida batafsil ma`lumot berish.Asosiy qonunga hurmat uyg`otish.
Tarbiyaviy mashg`ulot jihozi:Mavzuga oid rasm,tarqatma material,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi Tashkiliy qism:
O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash
Ma`naviyat daqiqasi:
Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus-erur qonunlarning to`plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.
II.Asosiy qism O`zbekiston xalqining istiqlolga erishganlik baxti uning mustaqillik qomusi bo`lmish Konstitutsiyada mustahkamlangan.Kostitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi demokratik davlat-O`zbekiston Respublikasi paydo bo`lganligini tasdiqladi.Konstitutsiya xalqning o`zini o`zi boshqarish,erkinlik va ijtimoiy adolat,insonparvar davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish to`g`risidagi orzusini ifodalagan.Konstitutsiyada mustaqil mamlakatimizning mazmun-mohiyati,uning siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy va huquqiy tizimining demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari qat`iy belgilab qo`yilgan.Konstitutsiya bu istiqbol va mustaqil O`zbekiston ramzidir.1992-yil 8-dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan mamlakatimizning Asosiy qonuni bir ovozdan qabul qilindi.
Konstitutsiyamiz muqaddima ,olti bo`lim,26 bob va 128 moddadan iborat.Uning birinchi bo`limida 4ta asosiy prinsip bayon etilgan.Bular-davlat suvereniteti,xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat prinsiplaridir.
1 – boshlovchi:Mag’rur boshim egib
Sizga ta’zim qilaman
Ozod Vatan bag’rida
Yoshlik zavqin suraman
2- boshlovchi:Boshimizda keng osmon
Bo’lsin doim musaffo
Ona Vatan hurlikda
Yagonasan sen tanho
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum, sinfdosh do’stlar