Bola: Chaqaloqdan tortib keksalargacha tinchligi, sog’ligi, nafaqasi kafolatlangan.
Bola: Onalik va bolalik davlat tomonidan muxofaza qilinadi.
Bola: Xar kim, bilim olish huquqiga ega.
1
BOLALAR «HUMO QUShI» QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR. Boshlovchi: Bolajonlar Konstitusiyamizga O’zbekiston Respublikasi o’zini bayrog’i, gerbi, madhiyasiga ega deb yozilgan.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYaSI YaNGRAYDI.
Bola: Tamg’amizga bir qarang, tovlanadi rang-barang,
Unga beradi chiroy, tepamizda hilol oy.
Bir tomoni paxtazor, quyosh nurin sochadi,
Amudaryo, Sirdaryo chanqog’imiz bosadi.
O’rtasida humo qush, bizga omad tilaydi,
O’zbekiston nomini jaxon uzra taraydi.
Bola: Bayrogimizga qarang, yashil oq va xavo rang,
Mustaqillikni yoqlab, turibdi u xilpirab.
Yulduzlar va yangi oy,bayroqqa berib chiroy,
Osmon uzra yaltirap,uzoqlardan ko’rinar.
BOLALAR O’ZBEK «ChAQQON KIZLAR»
RAQSIINI IJRO ETIShADI.
Boshlovchi: Konstitusiyamizda, O’zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shaxri deyilgan.
Bola: Dunyoda shaxarlar ko’p, bir biridan ziyoda,
Ammo Toshkentdan go’zal, shaxar bormi dunyoda.
BOLALAR «TOShKENTIM» QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR. Boshlovchi: Aziz bolajonlar yana qomusimizda, xar bir inson, malakali tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega deyilgan.
Bola: Sog’ bo’ling ishlang omon,
Ukolingiz ko’p yomon.
Og’riydi orqa tomon.
Ammo vitaminlarni Siz berdingiz bearmon.
Unutmaymiz xech qachon sizni doktor opajon
BOLALAR L. TURSUNOVANI «QIZALOQ» QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR.
Bola: Yana, Konstitusiyamizni varaqlab ko’ramiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xokimyat boshlig’idir deyilgan. Qani, bizning Prezidentimiz kim?