BOLALAR «O’ZBEGIMSANEY» QO’ShIG’INI KULAYDILAR. Boshlovchi: Yana qomusimizni zarvaraqlarini varaqlab ko’ramiz. Unda O’zbekiston Respublikasining davlat tili-o’zbek tilidir deb yozilgan.
Bola: Ona tilim, jonu dilim, berar menga dunyo bilim .
Bola: Ona tilim, jonu dilim, senla kamol topdi elim .
BOLALAR O’ZBEK «QIZGINA» LAPAR-RAQSINI VA M.IKROMOVANING «ODOB» QO’ShIG’INI KUYLAB IJRO ETIShADI.
Boshlovchi: Qani kim aytadi, yurtimizni kimlar qo’riqlaydilar?
Bolalar: Posbonlarimiz!
Boshlovchi: Konstitusiyamizda O’zbekiston Respublikasi o’zining qurolli kuchlariga ega deb yozilgan.
Bola: Tashlab dadil mardona qadam, biz maydondan o’tamiz shahdam,
Yeru osmon kelar larzaga, qushiq bizga jo’rovoz hamdam.
Bola: Amir Temur avlodlarimiz, ozod yurtning farzandlarimiz.
O’zbekiston askarlarimiz, yosh navqiron navkarlarimiz.
Bola: Vatan-iymon, Vatan-jonimiz sarxadlarin posbonlarimiz.
El yashasin tinch va osuda, musaffodir yurt osmonimiz.
BOLALAR «ASKARLAR» QO’ShIG’INI KUYLAYDILAR.
Boshlovchi: Mana bolajonlar siz yaqinda 7 yoshga to’lib maktabga borasiz tug’rimi? Konstitusiyamizda har kim bilim olish xuquqiga ega-deb yozilgan. Siz maktabda bilim olasiz.
Bola: Nima uchun bugun biz quvnoq bayram qilyapmiz
Chunki tez kun ichida biz maktabga boramiz