Hayotimiz qomusi



Yüklə 361,49 Kb.
səhifə44/45
tarix07.01.2024
ölçüsü361,49 Kb.
#209659
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Kunstitutsiya kuni

1 – boshlovchi: Sizlarni davramizda ko’rib turganimizdan g’oyatda xursandmiz
2 – boshlovchi: Xush kelibsiz, aziz mehmonlar
1 – boshlovchi: Ustozlar murabbiylar
Assalomu alaykum
Bo’ling umri boqiylar
Assalomu alaykum
2 – boshlovchi:Bugun sizni chorladik
Ushbu zal koshonaga
Qomusimiz baxt bergan
Har inson har xonaga
1 – boshlovchi: Darhaqiqat bugungi tantanali tadbirimiz “Baxtimiz qomusi”ga bag’ishlanadi
2 – boshlovchi: Chunki 8 – dekabr kuni hammamiz uchun sevimli bo’lgan “Konstitutsiya kuni”ni nishonlaymiz. Shu munosabat bilan biz bugun sizlarga O’zbekiston Respublikasi haqida hikoya qilib bermoqchimiz
(Madhiya kuylanadi)
Qomusimni bugun bilmoq istadim
Har moddasin dilga solmoq istadim
Qomus erur qonunlarning to’plami
Qonunlarni dildan tuymoq istadim
Qomus berdi huquqimni burchimni
Shon – shuhrati oshsin doim yurtimni
Qonunlarni agar yaxshi o’rgansam
Albat yetar, qayga cho’zsam qo’limni
1 – o’quvchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasini Oliy Kengashining 12 – chaqiriq 11 – sessiyasida qabul qilingan
2 –o’quvchi:Konstitutsiyamiz 6 ta bo’lim 26 bob 128 ta moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va burchlari aniq belgilab berilgan
3 – o’quvchi:2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan
4 – o’quvchi:Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim bilim olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari nazoratdadir”, deb yozib qo’yilgan
Bepul bilim olamiz
Hur vatanim qo’ynida ish
Vatanga xizmat qil
Har o’g’il qiz o’yida
1-modda:.O’zbekiston-suveren demokratik respublika. Davlatning”O’zbekiston Respublikasi” va ”O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
Ozodlik nimadir
Tanitding,Vatan
Tobelik zanjirin uzilishidir
O’zbek xalqinining tuzilishidir
Elim bu kunlarni
Asrlar kutgan
Hurriyat nimadir?
O’rgatding Vatan
Kim edik,kim bo’ldik
Eng aziz inson
Istiqbol dovonin kechmadik oson
Fidolik nimadir eslatding vatan

Jasorat mehnatning tutdik qo’lini


Ajdodlar qoni bor tomirda zotan
Charog’on hayotning topdik yo’lini
Baxt,tole’ nimadir
Bu o’zing Vatan
Osmoning beg’ubor turmush esa but
Senga sajda jonim qutlay yurakdan
Yuz yillar bag’rida yashna ona yurt.

Moddaning to’rtinchisin


Ulug’ tilim tasdiqlar
Ajdodlarim orzusi
Ko’zlarimda charaqlar
4-modda:. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf odatlari va an’analari hurmat qilinishini
ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Oh ona tilginam muqaddas tilim
Bir og’iz so’zingga jonim tasadduq
Bunchalar shirinsan,bunchalar so’lim
Bormikan ajib til sendan ham ortiq.
5-modda:O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari – bayrog’i,gerbi va madhiyasiga ega.

Dunyoda dunyosi,bordir bu yurtning
Humosi-Tug’rosi,bordir bu yurtning
Bayrog’in ko’ksiga,qo’yib jon bergan
Najmiddin Kubrosi,bordir bu yurtning
Har sahar yangragan,ulug’ madhiyam
Har satri hikmatga,to’liq madhiyam
Eng go’zal qo’shig’I,ozod elimning
Muqaddas madhiyam,qutlug’ madhiyam

Har kim o’z qo’rg’onin


Qurganiga ne yetsin
Bayrog’imiz hilpirab
Turganiga ne yetsin

Ozod vatan gurkirab


Turganiga ne yetsin
Bayrog’imiz hilpirab
Turganiga ne yetsin

Gerbimizda tog’lar bor


Daryolar bor,bog’lar bor
So’l tomoni-bug’doyzor
O’ng tomoni-paxtazor

Chambarakka o’ralgan


Vodiy uzra quyosh bor
Hurligimizning ramzi
Humo degan qushi bor.

Azim Toshkentdir shahri


Juda keng saxiy bag’ri
Udir Vatan yuragi
Ulug’ xalqim tilagi

6-modda:. O’zbekiston Respublikasining – poytaxti Toshkent.
Poytaxt shahar,bosh shahar
Qadim tuproq shosh shahar
Gullar shahri non shahri
Quyoshga sirdosh shahar
Sen tinchlik qo’ng’irog’i
Sen ozodlik kuyisan
Sen mehrning o’chog’i
Sen oftobning uyisan
8-modda:
O’zbekiston xalqini millatidan qatiy nazar , O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
Og’a-ini bahoru-yoz
Kuzdan so’ng kelar ayoz
Bari go’zal hammasi soz
Fasllar ko’p uy bittadir
Bir tuproqdan zuvolasi
Bitta choynak piyolasi
Hammamiz shu yurt bolasi
Tillar turfa,dil bittadir
13-modda:
O’zbekiston Respublikasi demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi.Ularga ko’ra inson uning hayoti,erkinligi sha’ni,qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
15-modda
O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so’zsiz tan olinadi.
Qonun yo’li-kamolot
Adolatga kafolat
Qonunni bilgan kishin
Qonun bitirar ishin
Jonu diling shu Qonun
U tushmasa qo’lingdan
Uzun tiling shu Qonun
Adashmasdan yo’lingdan
40-modda.
Tibbiy xizmat doimo
Kerak har bir kishiga
Sog’lom tanda sog’ aql.
Unum berar har ishda
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya 40-modda.

Yüklə 361,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin