Kaptarlar va sharlar bilan mashq. «O’zbekiston» qo’shig’iga.(fonogramma) (Qo’shiqdan so’ng musiqa ostida zalga Xumo qushi kiyimidagi qiz bola kirib keladi. Xumo qushi qanotlarini qoqib, zalni doira bo’ylab aylanib o’tadi va markziy qimda to’xtaydi.)
Xumo: Men xumo qushiman,
Baxt va omad qushiman.
Buyuk ona Vatanimning,
Orzu umid qushiman!
Qadrli, bolalar! Har yilning 8 dekabr kuni, xalqimiz katta bayram, ya’ni Konstitusiya kunini bayram qiladi. Konstitusiya nima ekanini endi bilib oldingiz. Demak konstitusiya bu. . .
Bolalar: Asosiy qonun!
Xumo: Men bayramga quruq qo’l bilan kelganim yo’q. Sizlarga sehrli kitobni sovg’a qilib olib keldim. (Konstitusiya kitobining kattalashtirilgan maketini olib kiradi). Bu kitob bilan sayohat qilib, siz O’zbekiston respublikasining fuqarosi bo’lgan har bir insonning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlarini bilib olasiz. Oq yo’l sizga, bolalar!
Boshlovchi: Rahmat, senga Xumo qushi. Bu juda kerakli va juda qiziq kitob ekan. Biz bolalar bilan jon deb Konstitusiya olamiga sayohatga chiqamiz. To’g’rimi, bolalar?
(Xumo qushi hayrlashib, uchib ketadi).
KONSTITUSIYa OLAMIGA SAYoHAT. Boshlovchi: Bolalar, jahondagi barcha mamlakatlar o’zining konstitusiyasiga egadirlar. O’zbekiston Renspublikasining Konstitusiyasi 6 bo’limdan, 26 bob, 128 moddadan iborat. Ulardan ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.(boshlovchi kitobni varraqlaydi va O’zbekiston haritasini ochadi.)
Boshlovchi: Bolalar bu yerda nima aks ettirilgan? (javob) To’g’ri, bu bizning Vatanimiz O’zbekiston. 1-modda-O’zbekiston mustaqil, demokratik Respublika!
1 bola: Vatanim O’zbekiston,
Misli ochiq dasturxon,
Paxta, meva, suv bilan,
Yediradi bug’doy, non!
2 bola: Yaxshi do’stlarga doim,
Ochiq bizning dasturxon!
Keling do’stlar marhamat,
Sizga deymiz assalom!
«Assalom» qo’shig’i
(musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra almashtirilishi mumkin.)
Boshlovchi: Bolalar, O’zbekiston xududida joylashgan qanday shaharlarni bilasiz?(javoblar) 4 moddada, O’zbekiston Respublikasining davlat tili-o’zbek tili deb belgilab qo’yilgan.
(bolalar «O’zbek tilim» she’rini aytadilar.)
Boshlovchi: (keyingi betni ochadi va bizning mamlakatimizda xalq o’z prezidentini o’zi saylashligi haqida gapiradi). Bolalar, qani aytingchi, bizning prezidentimiz kim? (javoblar) Bugun ham xuddi ko’p yillar ilgaridek, prezidentimizning «O’zbekiston-kelajagi buyuk davlat» degan so’zlari doim qulog’imiz ostida jaranglab turadi. Har bir davlat o’zining davlat ramzlariga ega bo’lishi shart. O’zbekistonning ham o’z davlat ramzlari bor. Bolalar, qani aytingchi, ramzlar o’zi nima?
Bolalar: bayroq, gerb, madhiya.
Boshlovchi: Bolalar, madhiya bu davlatimizning eng asosiy qo’shig’i. Qani kim aytadi uni mualliflari kimlar.(javoblar) keling, hozir madhiyani tinglab ko’ramiz va birozgina jo’r bo’lamiz.
Davlat madhiyasi yangraydi
3-4 bolalar bayroq, gerb haqida she’rlarni aytadilar.
«Bayroqni top» o’yini.
Turli rangli va turli davlatlar bayroqlari orasidan bolalar O’zbekiston bayrog’ini topishlari kerak bo’ladi.
O’yin-attraksion:
«O’zbekiston gerbini yasa»
Bolalar ikki guruxga bo’linib, kubiklardagi bo’laklardan O’zbekiston gerbini yasaydilar.
Boshlovchi: Mana, O’zbekistonimizning davlat gerbi mana shunday ko’rinishga ega. O’rtada Xumo qushi, bir tomonda bug’doy, bir tomonda paxta, osmonimizda polagan quyosh, eng yuqorida esa, sakkiz qirrali yulduz bilan oy. Ular doim bizning yaxshilik va ezgulik, tinchlik va baxt tomon yo’llarimizni yoritib turadilar. Endi sehrli kitobimizning navbatdagi sahifasini ochib ko’ramiz. (Toshkent tasviri)
6 modda: O’zbekistonning poytaxti-Toshkent shahri. Bu yil Toshkentimiz o’zining 2200 yilligini nishonladi. Hozir hammamiz Toshkent haqida qo’shiq kuylaymiz.
Qo’shiq «Toshkent»
Bolalar hozir sizlar bilan bir qiziqarli o’yin o’ynaymiz. Jaxonning turli mamlakat va shaharlarining rasmlari ichidan Toshkentga tegishli rasmlarni ajratib olishimiz kerak bo’ladi.
O’yin-attraksion:
«Toshkent»
Bolovchi keyingi sahifani ochadi. Unda o’zbek sportchilari, sport turlari, tibbiyot hodimlari tasviri aks etgan.
Boshlovchi: 40-modda. Har bir fuqaro bepul tibbiy hizmat huquqiga va sport bilan shug’ullanish huquqiga egadir.
Sport mashqlari.
(musiqa rahbari ixtiyoriga ko’ra)
Boshlovchi: Kelinglar endi mehnat qilish hug’ug’i hag’ida gaplashamiz. (ktobning turli kasb egalari tasvirlangan betlarini ko’rsatadi.
«Kim bo’lsam ekan»
(she’r)
«Hunarmandlar» qo’shig’i.
Boshlovchi: Hademay siz ham maktabga borib, o’quvchi bo’lasiz. O’qishni va yozishni, qo’shishi va ayrishni o’rganasiz. Davlatimiz sizning bepul umumiy ta’lim olishingizni kafolatlaydi. Bu degani, siz maktablarda bepul ta’lim olish huquqiga egasiz.
1 bola: O’sib, ulg’ayib men ham,
Maktablarga boraman.
Bepul ta’lim olishga,
Vatanimda xaqliman.
2 bola: Bilim olish uchun biz,
Kitoblarni ochamiz.
O’z ona tilimizda
Hamma:O’qishga biz haqlimiz.
Kelajakda albatta,
Bizlar baxtli bo’lamiz.
JUFTLI RAQS.
(Mus. Rah. Ixtiyoriga ko’ra.)
Boshlovchi: Bolalar bizlar erk va xuquqlarimiz bilan bir qatorda burch va majburiyatlarimizni ham bilib olihimiz kerak. Konstitiusiya kitobida insonlarning burch va majburiyatlari ham belgilab berilgan. Biz bu haqida sizlar bilan mashg’ulotlarimizda gaplashgan edik. Bizning davlatimiz oldida qanday burchimiz bor?
Bolalar:
-A’lo o’qish
-o’zgalar mehnatini qadrlash.
-Salomatlkni haqida qayg’urish.
-Tabiatni asrash.
-Kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilish.
-Ota-onalarimizga g’amho’rlik qilish.
-Ona Vatanimizni himoya qilish.
Boshlovchi: Ha, ona Vatanni himoya qilish eng oliy burchimiz.(keyingi sahifani ochadi. Unda Vatan himoyachmg’ilari tasvirlangan).
1 bola: Biz hozircha bolamiz,
Erta askar bo’lamiz.
2 bola: Men bo’lay jasur tankchi
Vatanga himoyachi.
3bola: Men kapitan bo’laman,
Okean tomon suzaman.
4 bola: Men bo’laman albatta,
Uchuvchi samolyotda.
Hamma: Botir askar bo’lamiz,
Vatanni qo’riqlaymiz!
«Biz askarmiz» qo’shig’i. N.Norxo’jayev musiqasi.
Boshlovchi: Bolalar biz yaxshi va tinch yashyashimiz uchun, osmonimiz musaffo, yerimiz go’zal, gullur va o’simliklarga, meva-yu sabzavotlarga boy bo’lishi. Ariq va daryolarimizda suvlar oqib turishi uchun doim ona tabiatimizni asrashimiz, unga to’qri munosabatda bo’lishimiz lozim. Bizdan keyin keladigan avlolarga ham go’zal tabiatni qoldirishimiz kerak. Vatanimizning katta boyligidan biri bu paxta. Uni yetishtirish uchun qanchadan qancha insonlar mehnati, qalb qo’ri kerak bo’ladi. Shuning uchun ham paxtani xalqimiz «Oq oltin» deb ataydi.
«PAXTA RAQSI»
Boshovchi: (keyingi sahifani ochadi) Bolalar mana bu betda siz bolalarning dam olayotganini ko’rib turibsiz. 44 moddada Har bir bola o’nash va dam olishga haqlidir deb belgilab qo’yilgan. Davlatimiz bolalar bog’chalari, stadionlar, basseynlar, musiqa maktablari, yozgi dam olish oromgohlari barcha barchasini sizlar uchun, sizning yaxshi o’qishingiz va yaxshi dam olishingiz uchun quradi. Barcha yaxshi narsalar bolalar uchun.
Mana , bolaeonlar, konstitusiya olamiga qilgan sayohatimiz ham nihoyalab qoldi. Keling hozir sizlar bilan bir o’yin o’ynaymiz. Hozir ikki guruxga bo’linib, bugungi olgan bilimlarimizni sinab ko’ramiz. (Bolalar «Aqllilar» va «Bilimdonlar» komandalariga bo’linadilar. ) Har bir to’qri javob uchun bitta bayroqcha beriladi. Bellashuv so’ngida qaysi komandada bayroqcha ko’proq bo’lsa, shu komanda g’olib deb sanaladi.
Savollar:
1 O’zbekistonning poytaxtini ayting.
2 O’zbekiston Respublikasining prezidentini ayting.
3 O’zbekiston Respublikasining davlat tili qaysi til?
4 O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasining bastkori kim?
5 Madhiyaning she’rini kim yozgan?
6 Qanday davlat ramzlarini bilasiz?
7 O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’ida nechta yulduzcha bor?
8 O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’ining ranglarini ayti bering.
9 O’zbek milliy taomlaridan bir nechtasini sanab bering.
10 O’zbek milliy cholg’u asboblaridan qaysilarini bilasiz?
11 O’zbekistonning yirik shaharlarini aytib bering.
12 O’zbek xalqining buyuk siymolaridan kimlarni bilasiz?
(savol-javob so’ngida natijalar tahlil qilinib, sovg’alar topshirilpdi.)
Boshlovchi: Mana sizlar bilan Konstitusiya olamiga qilgan sayohatimiz ham nihoyasiga yetdi. Qadrli, bolajonlar! Sog’-salomat katta bo’ling, ahil va inoq, aqlli va bilimdon bola bo’ling. O’z huquqlaringizni hamioya qila oling, shu bilan birga burch va majburiyatlaringizni ham hyech qachon esdan chiqarmang.
Boshlovchi: Vodiy uzra qo’shiq yangrar
Hamma: Bu bizning O’zbekiston!
Boshlovchi: Oq oltini hirmon uyar
Hamma: Bu bizning O’zbekiston!
Boshlovchi: Bir tomoni Samarqandu, bir tomoni Buxoro
Hamma: Bu bizning O’zbekiston!
Boshlovchi:Toshkentin tanir dunyo
Hamma: Bu bizning O’zbekiston!
«Quyoshli o’lka» qo’shig’i. K.Kenjayev musiqasi.
(musiqa ostida bolalar zaldan chiqib ketadilar).