O’quvchilartomonidanVatanhaqidaqo’shiqyangraydi. “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ POYDEVORI” O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan TADBIR LOYIHASI KIRISH “Har qanday davlatning yuzi obro‘-e’tibori uning konstitutsiyasi hisoblanadi.Zotan Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadiganQomusnomadir”Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yilning 8-dekabrida 12-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. U 6 bo‘lim, 26 bob,128 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
ham mamlakatimizni dunyo tanigan xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim siyosiy-huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonuni bo‘lib, har bir
mamlakatning qiyofasi va nufuzini belgilaydi.
Qonun nima o‘zi?
Buni har kim har xil tushunadi.
Qonun – umumiy qilib aytganda, siz-u bizning ixtiyorimizdan tashqari amalda bo‘lgan kuch. Tabiat qonunlari aynan shunday. Tabiat insonga bog‘liq bo‘lmagan tarzda o‘z qonunlari asosida yashaydi. Jamiyat qonunlari ham, garchi
insonlar guruhi o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirsa-da,
bevosita shaxslar o‘y fikri bilan hisoblashib o‘tirmaydi. Konstitutsiyamiz, avvalo, o‘zida milliy xususiyatlarimizni aks ettiradi, ikkichidan, u jahon andozalariga mos keladi. Bu haqda ko‘p gapirilgani uchun bu gal birgina muayyan masala yuzasidan fikr-mulohaza yuritsak. Chunki, biz asosiy
qonunimizning har bir bandi, jumlasi, ifodasi, so‘zi haqida o‘ylashimiz, uni tushinib olishimiz, unga amal qilishimiz zarur va shart. Konstitutsiya – bevosita ma’naviyat mezoni ham.Fuqaroning har qanday xatti-harakatini shu mezondan kelib chiqib baholashga xaqlimiz. Axir, jamiyat qonunlarisiz yashashi mumkin emas, degan xulosa – insoniyatning Odam Ato davridan shu bugungacha erishgan eng ulug‘ yutug‘idir. Chunki qonunsizlik avj olgan joyda so‘z bilan ish, ya’ni til bilan dil birligi yo‘qoladi, odamlar o‘zida boshqa gap aytadi-yu amalda boshqa ish qiladi, aldov nayrang, makr-hiyla, xushomad, pora aralashtirish va shu kabi boshqa talay illatlar mahorat belgisi sanalib qoladi, qing‘ir yo‘llar bilan to‘plangan boyliklarini ko‘zko‘z qilib halol pokiza mehnati ketidan qonuniy daromad topayotganlardan ustun ekanligi bilan maqtanadigan toifa paydo
bo‘ladi, madaniy-ma’naviy hayot qonunlari o‘rnini amalda jinoiy dunyo “qonunlari” egallay boradi. Bu esa ko‘plarning qo‘lini ishdan, ko‘nglini yashashdan sovutadi, samimiyat yo‘qoladi. Ma’naviyat imoratiga darz ketadi.
Xullas, Konstitutsiya va qonunlarga amal qilib yashash uchun har bir fuqaro yuksak ma’naviy darajaga ko‘tarilishi kerak. Bu mamlakatning kelajagi uchun ham zarur.
Qonunlarni bilmaslik ham – ma’rifatsizlik. Xalq sifatida bu jihatdan ham hali ko‘p baland pog‘onalarga ko‘tarilishimiz kerak. Qonunlarni bilmaslik ikki tomondan ziyon. Birinchidan,qonundan bexabar kishi uni buzishi oson. Ikkichidan, ba’zi kimsalar boshqalarning qonunni bilmasligidan o‘z qitmir
manfaati yo‘lida rosa faydalanadi. Har kimning huquq va erkinliklari, burch va majburiyatlarini yaxshi bilishiga erishish ham ma’naviyat, vaqt, ma’rifat ravnaqini ta’minlash, degan gap.
Qonun inson tabiatidagi nafsni tartibga solish uchun kerak. Eng asosiysi, mustaqil O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z huquqini himoya qilishni ham o‘rgansin.Axir o‘z huquqini, ori, nomusi, g‘ururi, nafsoniyatini himoya qila oladigan kishigina Vatanini, xalqini, davlatini, Prezidentini ham himoya qila oladi. Konstitutsiyamiz har birimizning komillikka cheksiz intilishimizni kafolatlaydi. U davlatimiz, xalqimiz uchun chinakam adolat mezoni bo‘lib qolaveradi. Buni teran anglash ham – ma’naviyat.