2-o`quvchi: -Yo`limiz yoritar Misoli oftob. Qo`lda baland tursa Agar tug`imiz. 3-o`quvchi: -Millionlar taqdiri Unda mujassam. Qomuslar qomusi, Deydi xalqimiz. 4-o`quvchi: -Yer sharin yoritdi O`zbekiston ham. Yurtga fido bo`lsak, Kular baxtimiz. Sho`x musiqa yangrab, raqs ijro etiladi.
1-boshlovchi: -Turmushimizning farovonlashuvida, Vatanimiz va xalqimiz tarixida Konstitutsiyamizning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, unda xalqimizning huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqorolik jamoati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-niyati o`z ifodasini topgan. 2-boshlovchi: -Bolalar bilasizmi, insoniyat yaratilgandan buyon o`z huquq va erkinliklari kafolatlari to`g`risida bosh qotirib keladi. Inson huquqlarinihimoya qilish chinakam xalqaro hamkorlikni o`rnatish va mustahkamlash borasida BMT nizomi 1945-yil 24-oktabrdan boshlab doimiy kuchga kirgan.