1-o`quvchi: - Qani, menga ayt, oshnam, Bugun qanaqa bayram? 2-o`quvchi: -Konstitutsiya kuni, Kim ham bilmaydi buni? 1-o`quvchi: -O`z haqqi-huquqingni Bilasanmi, o`rtoqjon? Ayt-chi, Konstitutsiya Qabul qilingan qachon? 2-o`quvchi: (qo`lida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda):
-Bu kitobda hammasi To`liq etilgan bayon. 3-o`quvchi: -Prezident bobomiz Bizga g`amxo`r, mehribon Yurt tinchligin ko`zlaydi, Xalq baxtini o`ylaydi. 4-o`quvchi: -O`zbekiston qo`ynida Har bir tuman, viloyat, Kundan-kunga yashnaydi, Kamol topar, tiklar qad. 5-o`quvchi: O`zbekiston tayanchi Qurolli kuchlari bor. U-xalqining suyanchi, Dushman qutirar bekor. 6-o`quvchi: -Mustaqil O`zbekiston Dadil tutib o`zini, Bormoqda o`z yo`lidan, Aytmoqda o`z so`zini. 7-o`quvchi: -Baxt berdi insonlarga Onajon - O`zbekiston U yuz tutdi jahonga, Bo`ldi dovrug`i doston. O`quvchilar “Sog`lom avlod qo`shig`I”ni ijro etishadi.
1-boshlovchi:__-Rahmat,_bolalar,_chiroyli_ijrolar_uchun._Qani,_endi_ayting-chi,_Konstitutsiyamizda_nechta_bo`lim,_nechta_bob_va_nechta_modda_bor_2-boshlovchi'>1-boshlovchi: -Rahmat, bolalar, chiroyli ijrolar uchun. Qani, endi ayting-chi, Konstitutsiyamizda nechta bo`lim, nechta bob va nechta modda bor? 2-boshlovchi: -O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 ta moddalardan tashkil topgan. 1-boshlovchi: -( bolalarga qarata ): -Konstitutsiyamizga qanday g`oyalar singdirilgan? Davraga bir qancha o`quvchilar chiqib quyidagicha javoblar beradilar.
1-o`quvchi: -Konstitutsiyamizning “muqaddima”sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko`rsatilishi muqarrar g`amxo`rlik to`grisidagi g`oyalar singdirilgan. 2-o`quvchi: -Insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyamiz boblarida o`z ifodasini topgan. O`quvchilar dona-dona qilib qog`ozga yozib olgan javoblarni o`qib berishadi. -Shaxsiy huquqlar va erkinliklar. (VII bob ). Ular asosan quyidagilardan iborat: -Yashash huquqi.( 24-modda ); -Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.( 25-modda ); -Fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqi( 29-modda ); O`z huquq va manfaatlariga dahldor bo`lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi( 30-modda ); -Vijdon erkinligi ( 31-modda ); 1-o`quvchi: (Qo`lida O`zbekiston Konstitutsiyasi kitobi): -Ozod, erkinlikning Ramzi-bu kitob. Unda aks etgandir Haq-huquqimiz.